O‘zbekistonda 130,5 mln $lik bolalar tibbiy markazi qurilmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishShifoxona.
Shifoxona. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi markazda yiliga 1,5 mingta jarrohlik amalga oshiriladi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 2016-yilning ikkinchi yarmida 130,5 million dollar qiymatga ega bolalar tibbiy markazi qurilishi boshlanadi, deb xabar qilingan seshanba kuni e’lon qilingan hukumat qarorida.
Hujjatga ko‘ra, hukumat aprel oyining oxirida Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan, 280 o‘ringa mo‘ljallangan, to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar kasalxonasining qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy hisobotini tasdiqlagan. Yangi tibbiy markaz yiliga 1,5 ming jarrohlik operatsiyasini amalga oshiradi.

Dastlab bu loyihani 2015-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Amalga oshirilishi muddati — ikki yil.

Qurilishning moliyalashtirish ishlari 2014-yilda Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi  (EDCF)  tomonidan taqdim etilgan 102,8 million dollar hajmdagi hamda O‘zbekiston tomondan — 27,7 million dollar pul vositasi orqali ro‘yobga chiqariladi.
Loyihaga binoan, shifoxona jahon standartlariga javob beruvchi yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlanadi, mutaxassislar Janubiy Koreyaning yetakchi klinikalarida malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0