Anonymous xakerlari butun dunyo Markaziy banklariga qarshi kampaniya boshladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAnonymous xakerlar guruhi
Anonymous xakerlar guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anonymous xakerlar guruhi 30 kun davomida butun dunyo Markaziy banklari rasmiy saytlariga hujum uyushtirmoqchi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Anonymous xakerlar guruhi 30 kun davomida butun dunyo Markaziy banklari rasmiy saytlariga hujum uyushtirmoqchi. Bu haqda Reyter agentligi guruh tomonidan YouTube da joylashtirilgan videomurojaat asosida xabar qilgan.

anonymous maska kiygan odam - Sputnik O‘zbekiston
Anonymous xakerlar guruhi Turkiya hukumatiga kiber-urush e’lon qildi

Chorshanba kuni Misr Markaziy banki Anonymous guruhi xakerlari bir kun oldin bank rasmiy saytiga hujum qilishgani haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum bir necha daqiqa davom etgan, shundan so‘ng, bankning IT-mutaxassislari uni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lganlar.
Xakerlar ta’kidiga ko‘ra, ushbu hujum “butun dunyo Markaziy banklariga qarshi qaratilgan kampaniyaning boshlangani nishonasidir”.

Anonymous xakerlar guruhi 2003-yilda tashkil topgan. PayPal, MasterCard, Interpol saytlari, Yevroparlament va Vatikan, turli mamlakatlar vazirliklari rasmiy saytlari guruh uyushtirgan kiberhujumlar "qurbonlariga" aylangan. 2015-yilning kuzida Anonymous “Islom davlati”ga qarshi urush e’lon qilgan, joriy yilning bahorida esa AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga qarshi kampaniya haqida e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0