O‘zbekistonda polipropilen ishlab chiqarilishi boshlandi

© Sputnik / Aleksandr Grashenkov / Mediabankka o‘tishPolipropilen granulalari
Polipropilen granulalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘ljalga ko‘ra, 2019-yilga kelib O‘zbekistonda polipropilen ishlab chiqarilishi hajmi 83 tonnani tashkil qiladi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. "O‘zbekneftgaz" ma’lumotiga ko‘ra, Surgil hududida joylashgan Usturt gaz-kimyo majmuasida yangi turdagi mahsulot — polipropilen ishlab chiqarilishi boshlangan.

2016 yilda ilk 66 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi, 2019-yilga kelib, polipropilen ishlab chiqarilish hajmi — 83 ming tonnani tashkil qilishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Review.uz.

Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida qurilgan, Surgil hududida joylashgan Usturt gaz-kimyo majmuasida 3,8 milliard kub tijorat gazi, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi.

O'ZEL-0204 elektrovozi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 24 dona zamonaviy lokomotivlarga ega bo‘ladi

Xalqaro axborot agentliklari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, polipropilen — dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan polimer sifatida ikkinchi o‘rinda turadi — unga bo‘lgan talab har yili 4-6%ga oshib bormoqda. 2015-yilda dunyo bo‘yicha 60 million tonnadan ortiq polipropilen ishlab chiqarilgan.

Bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish shiddat ila Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari tomonga siljimoqda. Hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar asosan Xitoy ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hozirda bu mamlakat polipropilen ishlab chiqarishni sekin-asta kengaytirmoqda.

Polipropilen iqtisodiyotning barcha ilg‘or jabhalari — elektronika, elektrotexnika, mashina qurilishi, uskuna qurilishi, transport, qurilish sohalariga kirib borgan.

Yangiliklar lentasi
0