O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar boshlandi

Obuna bo‘lish
Saylovlar may - iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Saylov davomida 10 mingga yaqin mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv qo‘mitalari raislari va ularning yordamchilari saylanadi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovlari har 2,5 yilda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv qo‘mitalari rahabarlarini saylash bo‘yicha ikki oylik marafon boshlandi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Bugungi kunda butun respublika bo‘ylab 9764 mahalla qo‘mitalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu saylovda qo‘mita raislari va ularning maslahatchilari saylanadi.

“Saylovlar demokratik va ochiq tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Fuqarolar raislar saylovi qay tarzda bo‘lib o‘tishini mustaqil hal qilishadi. Ovoz berish ochiq yoki yashirin tarzda bo‘lib o‘tishi mumkin. U yoki bu qaror ovozlar soniga qarab qabul qilinadi. Saylanayotgan har bir nomzod, mahalla a’zolari oldida nutq so‘zlab o‘zining rejalarini va amaliyot dasturi haqida aytib berishi kerak”, — deydi jurnalistlarga Kengash Senati komissiyasi ishchi guruhi rahbari Tolibjon Madumarov.  

Bu yilga saylovlar may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Nomzodar saylashda maxsus namunaga ko‘ra tayorlangan bulletenlardan foydalaniladi.

O‘zbekistonning barcha shahar va qishloqlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlari tashkil qilingan.  Mahalla – o‘zini o‘zi boshqarish tizimining muhim ijtimoiy organiga aylandi. Odatda mahalla bir qishloq yoki bir mavze (shaharlarda) doirasida tashkil qilinadi. Mahallaning asosiy aholisi —  uzoq vaqtdan beri bir hududda yashaydigan  va bir-birni yaxshi taniydigan fuqarolardan iborat bo‘ladi. Qo‘mita raisi esa – odatda, barchaning hurmatiga sazovor bo‘lgan, mahallada ko‘pchillik yaxshi taniydigan fuqaro bo‘ladi. O‘tgan yillar davomida Mahalla – barcha sohalarda, o‘zini samarali boshqaruv organi sifatida namoyish qildi.

Yangiliklar lentasi
0