Ozarbayjon milliy musiqa orkestri Pink Floyd qo‘shig‘ini ijro etdi

Obuna bo‘lish
Pink Floyd guruhi bas-gitarachisi Rodjer Uoters tomonidan yaratilgan qo‘shiq - Another Brick in the Wall (Devordagi g‘ishtlardan biri) - Pink Floyd guruhining eng mashhur qo‘shig‘idir.

Ozarbayjon musiqachilari milliy musiqa asboblari yordamida dunyoda eng mashhur rok-guruhlardan biri bo‘lgan Pink Floyd guruhining qo‘shig‘ini ijro etdi, Sputnik Ozarbayjon xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, Bizimkilər loyihasining dastlabki vazifasi Ozarbayjonga turistlarni jalb qilishga qaratilgan edi. Orkestr faoliyati Bizimkilər ("Biznikilar") loyihasi doirasida, 2012-yildan boshlangan bo‘lib, unda dunyoning mashhur xitlari Ozarbayjon milliy musiqa asboblari yordamida, zamonaviy ko‘rinishda ijro etiladi. Ijroda Ozarbayjon bolalar xori ham ishtiriok etgan. 

Qo‘shiqning asl nusxasiga olingan klipni esa — bu yerda tomosha qiling.

 

Yangiliklar lentasi
0