Krasnoyarsk FXX xodimlari transportda terakt oldini olishdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishFXX xodimi
FXX xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Krasnoyarsk sibirning eng katta shaharlaridan biri bo‘lib, uning aholisi bir million kishidan ko‘pni tashkil qiladi.

TOShKENT, 6 may — Sputnik. Rossiya FXXning xodimlari Krasnoyarsk jamoat  transportida sodir bo‘lishi rejalashtirilgan terakt oldini olishdi, deb xabar berdi maxsus xizmat.  

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo mamlakatlari fuqarolari may bayramlarida hujum uyushtirishga tayorgarlik ko‘rishgan. Ularni qo‘lga olishga qaratilgan operatsiya 6-may kuni bo‘lib o‘tdi.

Maxsus xizmat xodimlari qo‘lga olingan shaxslar yonidan “terrorchilik moslamalari” topildi. Xavfsizlik maqsadlarida qo‘lga olingan shaxslar ismi sharifi va voqeaning boshqa tafsilotlari e’lon qilinmagan.

Krasnoyarsk sibirning eng katta shaharlaridan biri bo‘lib, uning aholisi bir million kishidan ko‘pni tashkil qiladi.

Bir necha kun oldin FXX xodimlari Moskvada ham bir guruh terrorchilarni qo‘lga olishgan edi. Ularning aksariyati O‘rta Osiyo mamalkatlari fuqarolari bo‘lib, ular may bayramlarida odamlar o‘qqa tutishni rejalashtirishgan. Ularning faoliyati Suriya va Turkiyadagi terrorchi tashkilotlar tomonidan boshqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0