Erdo‘g‘on: Turkiya o‘z yo‘lida bormoqda, Yevropaga ham shuni tilaymiz

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Yevropaga yo‘l ochilishi uchun Anqara YeI talab qilayotgani kabi terrorchilikka qarshi kurash qonunchiligiga o‘zgartirish kiritmasligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on vizasiz tartib joriy etilishi uchun Anqara Yevropa Ittifoqi talab qilayotganidek, terrorchilikka qarshi kurash qonunchiligiga o‘zgartirish kiritmasligi haqida bayonot qildi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Yevropa "himmat" yuzasidan Turkiya uchun vizani bekor qilgani yo‘q

"Yevropa Ittifoqi bizdan terrorchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishimizni so‘radi. Kechirasiz, lekin biz o‘z yo‘limiz bilan bormoqdamiz, siz esa – o‘z yo‘lingizdan qolmang”,  — dedi Erdo‘g‘on. Turkiya prezidenti so‘zlagan nutqdan Frans Press agentligi iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaga viza bekor qilinishi uchun YeI Turkiyaga 5ta shart qo‘ygan. Terrorchilikka qarshi kurash qonunchiligining qayta ko‘rib chiqilishi, ana shu shartlardan biri edi. Yevrokomissiya 4-maydan boshlab, Turkiya fuqarolari uchun cheklovlarni bekor qilish taklifini kiritgan. Buning uchun, iyun oyi oxiriga qadar Turkiya mamlakatda korrupsiyaning oldi olishi, Yevropol bilan tezkor ravishda bitim tuzish muzokaralarini o‘tkazishi, YeI tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bilan sud hamkorligini yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha qoidalarni YeI standartlariga muvofiqlashtirishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0