Dunyoda

Germaniyada "Erdoʻgʻon-burger" tufayli restoranni yopishga toʻgʻri keldi

© Sputnik / Yurchenko / Fotobankka oʻtishReklama gamburgeri
Reklama gamburgeri - Sputnik Oʻzbekiston
Kyoln shahridagi Urban Burgery restorani oʻz taomnomasiga "Erdoʻgʻon-burger" taomini kiritganidan soʻng, restoran xodimlariga tahdid qiluvchilar soni ortib ketdi va shu sabab restoran yopildi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon sharafiga nomlangan taom restoran taomnomasida aprel oyi oxirida paydo boʻlgan. "Erdoʻgʻon-burger" "ishtaha ochuvchi va shirador", "echki sutidan tayyorlangan pishloq bilan" degan soʻzlar bilan reklama qilingan, RIA Novosti xabari asosida.

Avvaliga "Erdoʻgʻon-burger" juda mashhur boʻlib ketgan, u haqda mahalliy OAVlarda ham yozilgan. Ammo koʻp oʻtmay, restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tahdid va tanqid mazmunidagi maktublar kela boshlagan. Natijada, rahbariyat restoran vaqtincha yopilishi haqida eʼlon qildi.

Ularning soʻzlariga qaraganda, ish shu tarzda davom etadigan boʻlsa, restoran xodimlari hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala