Dunyoda

Tarixiy voqea: Barak Obama Xirosimaga tashrif uyushtiradi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Barak Obama
AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Barak Obama 1945 yildagi bombardimonlardan soʻng, 71 yil oʻtib Xirosimaga tashrif buyurgan ilk Amerika prezidentiga aylanishi mumkin

TOSHKENT, 10 may — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSH prezidenti Barak Obama 2016 yil 21-28 may kunlari Vyetnam va Yaponiya davlatlariga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Oq uy maʼmuriyati matbuot-xizmatidan olingan maʼlumot asosida.

Xirosima - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama Xirosima meridan uzr soʻramaydigan boʻldi

Amerika rahbari Vyetnamda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik masalalari, xususan, xavfsizlik, global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi. Shu bilan birga, Obama Xanoyeda ikki mamlakat munosabatlariga oid maʼruza bilan chiqish qilib, Transtinchokeani savdo shartnomasini ilgari suradi.

Yaponiyada esa AQSH prezidenti "katta yettilik" sammitida ishtirok etib, Bosh vazir Sindzo Abe bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi. Shuningdek, 1945 yilda Amerika tomonidan bombardimon qilingan Xirosimaga tashrif uyushtiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala