Video

Oʻzbekistonliklar “Oʻlmas polk” namoyishida ishtirok etdi

Bu yil “Oʻlmas polk” 700 mingga yaqin qatnashchilarni toʻpladi. Ular orasida nafaqat Rossiya fuqarolari balki, sobiq Ittifoq mamalkatlaridan kelganlar ham bor edi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Moskvada “Oʻlmas polk” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda 700 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Tantanali namoyish boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bordi.

Moskvadagi ushbu namoyishda nafaqat Rossiyaning boshqa hududidan kelgan qatnashuvchilar, balki sobiq Ittifoq respublikalari fuqarolari ham bor.

“Biz ushbu bayramni juda yaxshi qoʻramiz. U bizlarning barchamizni, millat va siyosiy qarashlaridan qatʼiy nazar, birlashtiradi. BU bayram bizning jamiyatni mustahkam qiladi, shuning uchun toʻliq unga teng keladigan boshqa bayram yoʻq”, — dedi Oʻzbekiston Milliy madaniy avtonomiyasi vakili Habib Abdullayev.

Abdullayevning soʻzlariga qaraganda, Moskvadagi Millatlar uyi “Oʻlmas polk” tadbirida birinchi marta qatnashmoqda. Ular bu safar Moskvada yashayotgan turli millat vakilllarini birlashtirishga harakat qilishdi.

Tadbirning yana bir qatnashchisi Azamat – MADI talabasi. Azamat namoyishga ikki bobosining surati tushirilgan plakatlar bilan kelgan. Uning bobolaridan biri Leningrad blokadasida qatnashgan, ikkinchisi esa – Belorus frontida jang qilgan.

“Oʻlmas polk” tadbiri birinchi marta 2012 yilda Tomsk shahrida boʻlib oʻtdi. Oʻtgan yili ushbu namoyish umumrossiya namoyishiga aylandi. 2016 yilda “Oʻlmas polk” bir necha chet el mamlakatlari va sobiq Ittifoq respublikalarida boʻlib oʻtdi.

Kecha Toshkentda boʻlib oʻtgan norasmiy “Oʻlmas polk” tadbirida 200dan ortiq kishi qatnashdi. Ular urushda qurbon boʻlgan yaqinlari fotosuratlari bilan “Birodarlar qabri” majmuasida toʻplanishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala