"O‘zbekiston havo yo‘llari" eng punktual tashuvchilar uchligidan o‘rin oldi

© NAK "Uzbekiston xavo yullari""O‘zbekiston havo yo‘llari MAK mukofot bilan
O‘zbekiston havo yo‘llari MAK mukofot bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2015-yilda 200 tadan 1999 tagacha avia reyslarni amalga oshirgan eng yaxshi aviatashuvchilar orasida 3-o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi "Dubay" aeroportiga muntazam ravishda reyslarni amalga oshiruvchi eng punktual aviakompaniyalar uchligidan joy oldi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot-xizmati.

Gap shundaki, har yili o‘tkaziladigan On-Time Performance Award 2015 an’anaviy taqdirlash marosimida "Dubay" aeroportining boshqaruvchi kompaniyasi va yer usti agenti — Dubai Airports va "dnata" "Dubay" va "al-Maqtum" aeroportlari orqali reyslarni amalga oshiradigan aviakompaniyalar orasidan parvozlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatganlarini saralab oladi.

Shu tarzda, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2015-yilda 200 tadan 1999 tagacha reys amalga oshirgan eng yaxshi aviatashuvchilar orasida 3-o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0