Tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlar butunlay ta’qiqlanishi mumkin

© Sputnik / Kave Rostamxani / Mediabankka o‘tishTarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarga qarshi namoyish
Tarkibida GMO bo‘lgan mahsulotlarga qarshi namoyish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Parlamenti kuzda tarkibida GMO - genetik modifikatsiya qilingan organizmlar bo‘lgan mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’qiqlash haqida qonun qabul qilishi mumkin.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston  hukumati kuzda “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi haqida”gi qonunga o‘zgarish kiritishni rejalashtirgan. Yangi qabul qilinadigan qo‘shimchalar “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi haqida”gi qonunning 6-bandiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Kiritiladigan qo‘shimchalar ro‘yxati Davlat yagona interaktiv portalida jamoat muhokamasiga chiqarildi. Iyun oxirida qonun loyihasini hukumatda muhokama qilinib, yilning uchinchi choragida parlamentga yuboriladi.

O‘zgarishlarga qonunga tarkibida GMO bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekistonda butunlay ta’qiqlashni ko‘zda tutgan.   

Yangi qonunda “gigiyenik sertifikat” o‘rniga “sanitar epidemiologik xulosa” tushunchasi kiritilgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, sanitar-epidemiologik xulosa davlat ro‘yxatdan o‘tkazish organlari qoshidagi sanitar nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi qonun oziq-ovqatlarni belgilash tizimiga yangi belgi – “biologik (yoki organik) mahsulot” belgisi kiritishni ham ko‘zda tutgan.

O‘zbekiston 2015-yildan buyon yodlanmagan tuzlarni import qilishni ta’qiqlagan edi. Bunga sabab respublikada yod yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning ko‘pligi bo‘lgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra aholining 40 %dan ziyodi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga yod moddasini yetarli darajada iste’mol qilmaydi.

Qo‘shimcha tariqasida shuni aytish mumkinki, GMOli mahsulotlar AQShda va umuman amerika qit’asida keng tarqalgan. AQSh qonunlariga ko‘ra, agar mahsulot zararli ekanligi ilmiy tekshirish yoki aniq bir odamga yetkizilgan zarar misolida isbotlanmagunicha — u ta’qiqlanmaydi.

Yevropa aholisining faqat 5% — GMO mahsulotlarini xavfsiz deb hisoblaydi.Bu yerda tez-tez GMOli mahsulotlarni oziq-ovqatga ishlatishga qarshi qaratilgan namoyishlar bo‘lib turadi.

Rossiyada bo‘lsa GMOli mahsulotlarning faqat 22 turidan foydalanishga ruxsat berilgan. Ular laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, ruxsat berilgan GMOli mahsulotlar davlat ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu ro‘yxatida 5 xil soya o‘simliklari, 3 xil kartoshka, 10 xil jo‘xori,  2 xil qand lavlagi va 1 xil guruch turlari bor.

Yangiliklar lentasi
0