Moskva shahar Migratsiya markazida mehnat birjasi tashkil qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigratsiya markazi binosi
Migratsiya markazi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilning 1-aprelidan boshlab Moskva shahar ko‘p funksiyali migratsiya markazida (MMS) migrantlar uchun mehnat birjasi ishga tushdi.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Bundan buyon Moskva shahrida ishlash uchun kelgan chet el fuqarolari  migratsiya markazidan nafaqat patent olishi, balki MMS mehnat birjasi orqali ishga joylashishi ham mumkin, MMS xabariga asosan.

Ushbu Mehnat birjasi tashkil qilinishining ish beruvchilarga ham migrantlarga ham foydali tomonlari ko‘p. Birinchidan, bu ikkala tomon uchun ham vaqt tejash imkonini beradi, ikkinchidan bilib-bilmay qonun buzish ehtimolini kamaytiradi. 

Ish beruvchilar, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, rus tilini yetarli darajada biladigan va amal qiluvchi patentga ega bo‘lgan migrantlarni ishga yollash imkoniga ega bo‘ladi.

Ish qidirayotgan chet el fuqarolariga esa, turli tashkilot va kadrlar agentliklarga borib vaqt yo‘qotmasdan, yoki firibgarlarga duch kelmasdan, bir joyning o‘zida ish topish imkonini beradi.

Mehnat migrantiga eslatma - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari uchun eslatma

Mehnat birjasiga ro‘yxatdan o‘tish uchun chet el fuqarosi anketa to‘ldiradi v ma’lumotlar Migratsiya markazi birjaisining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. U yerdan anketalarni Moskva shahrida joylashgan, ishchi va xodim qidirayotgan har bir tashkilot ko‘rishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0