Hodisalar

Oʻzbekiston fuqarosi AQShda IDni qoʻllab-quvvatlashda ayblandi

Sud hujjatlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi IDga qoʻshilmoqchi boʻlgan mahalliy guruh aʼzosi boʻlgan.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Nyu York shahar sudi Oʻzbekiston fuqarosi Azizjon Raxmatovni “Islom davlati” terrorchilik guruhini qoʻllab quvvatlashda aybladi, RIA Novosti Reyter xabariga asosan.

Raxmatov chorshanba kuni hibsga olindi. Sud maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi “Islom davlati” terrorchilik guruhini qoʻllab quvvatlagan va unga qoʻshilmoqchi boʻlganlarga yordam bergan mahalliy guruh aʼzosi boʻlgan. Undan tashqari mahalliy guruh aʼzolari ID uchun mablagʻ toʻplashgan va Suriyaga ketmoqchi boʻlganlarga yordam koʻrsatgan. AQShda oldin ham shunday ayblovlar bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari qoʻlga olingan edi.

ID bugungi kunda dunyo tinchligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biridir. Iroqda ID faoliyati tufayli xavfli vaziyat saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda AQSH boshchiligidagi koalitsiya, Qurd oʻzini oʻzi himoya qilish kuchlari, Suriya armiyasi va Rossiya Havo-kosmik kuchlari IDga qarshi kurash olib bormoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala