Xokkey bo‘yicha JCh finaliga VIP-o‘rindiqlarga chiptalar 3 xonali kvartira narxida sotilmoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishTomoshabinlar tribunasi
Tomoshabinlar tribunasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xokkey bo‘yicha Jahon Chempionati finalini VIP-o‘rindiqlarda o‘tirib tomosha qilishni xohlovchilar 7,6 million rubldan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Xokkey bo‘yicha Jahon Chempionati finali bo‘lib o‘tadigan uch kun davomida 12 kishiga mo‘ljallangan VIP-o‘rindiqlarni band qilish uchun uch xonali kvartiraning pulidan voz kechishga to‘g‘ri keladi, deb xabar qilmoqda "Inkom-Nedvijimost".

"12 kishiga mo‘ljallangan VIP-o‘rindiqlarni final uchrashuvlar bo‘lib o‘tadigan uch kun davomida band qilish uchun 7,6 million rubl(taxminan 111 000 $)dan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Bu pullarga poytaxt markazi ma’muriy okrugidan uch xonali kvartira xarid qilish mumkin”, — deyiladi xabar matnida.

Xokkey bo‘yicha Jahon chempionati Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida 6-22 may sanalari oralig‘ida o‘tkazilmoqda.

Hozircha Rossiya termasi aktivida ikkita g‘alaba qayd etilgan: Latviya bilan uchrashuvda (4:0) va Qozog‘iston bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (6:4). Chexiya bilan uchrashuvda rossiyaliklar (3:0) mag‘lubiyatga uchradi. Bugun, ya’ni 12 may kuni, rossiyaliklar daniyaliklarga qarshi o‘ynaydi.

Yangiliklar lentasi
0