"Gidromex" davlat kompaniyasi Oʻzbekistonga 7ta daryo tubini chuqurlashtiruvchi kema yetkazib beradi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishDaryo tubini chuqurlashtirishda ishlatiladigan kemalar
Daryo tubini chuqurlashtirishda ishlatiladigan kemalar - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlumotlarga koʻra, kemalardan Oʻzbekistondagi kanallarni tozalashda foydalaniladi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. "Gidromex" davlat kompaniyalari guruhi Oʻzbekistonga daryo tubini chuqurlashtiruvchi 7ta kema yetkazib beradi, deb xabar qilmoqda "PortNyus" maʼlumotlar portali, kompaniyalar guruhi rasmiy-xizmatiga ilova qilgan holda.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu kemalardan Oʻzbekiston kanallarini tozalashda foydalaniladi. Rossiya kompaniyasi yetkazib beradigan kemalarning mehnat samaradorligi soatiga 1600 kub m tashkil qilishi aytilmoqda.

Rejaga muvofiq, suv havzalari tubini tozalovchi uskunalar "Gidromexmontaj" Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasida ishlab chiqiladi. Kemalarni ishlab chiqishda Ribinsk shahridagi "Gidromexanizatsiya zavodi"da ishlab chiqarilgan mashina komplektlardan foydalanishi aytilmoqda.

"Gidromex" zavodi, avval ham Oʻzbekistonning daryo tubini chuqurlashtiruvchi flotini yangilash dasturi doirasida 16ta kemani yetkazib bergan edi.
2020 yilgacha Oʻzbekiston 30ga yaqin shunday texnikani xarid qilishni rejalashtirgan. Bunda, buyurtmachining talabiga koʻra, oʻzbek korxonasidagi mahalliylashtirish darajasi yiliga 10-15%ga ortishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala