Dunyoda

Tojikistonda oʻz aybiga iqror boʻlgan ekstremistlar ozod qilinmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishTerrorchilar, Suriya.
Terrorchilar, Suriya. - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston qonunchiligiga muvofiq, agar shaxs oʻz aybiga iqror boʻlib, tavba-tazarru bilan huquqni muhofaza qilish organlariga tashrif buyursa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Undan birgina ekstremistik guruhlarga aldov yoʻli bilan kirib qolganlikni isbotlash, talab etiladi, xolos.

TOSHKENT, 12 may – Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikistonda taʼqiq ostiga olingan estremistik oqim aʼzolari oʻz xohishiga koʻra aybiga toʻliq iqror boʻlishsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi, deb xabar qildi payshanba kuni Tojikiston IIV, RIA Novosti xabari asosida.

Tojikiston Respublikasida “Salafiya”, “Tabligʻ”, “Musulmon birodarlar” harakatlari, “Ansarulloh”, “Xizb ut-Tahrir al-Islomiy”, “Islom davlati” terrorchilik uyushmalari faoliyati taʼqiq ostiga olingan.

Tojikiston Bosh prokuraturasi va IIV xabariga koʻra, "Salafiya” harakatiga ergashgan oʻnlab fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

"Hozircha toʻliq roʻyxat yoʻq, ammo, gap oʻnlab odamlar haqida bormoqda. Yaqinda Suriya va Iroqdan oʻz ona yurtiga – Tojikistonga qaytgan 150 fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan edi”, — dedi jurnalistlarga Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot-kotibi Muhammadrizo Halifazoda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala