Nukus va Navoiydan Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslar haftada bir kun – dushanba kuni A320 avialaynerida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 16-maydan boshlab, Nukus va Navoiy shaharlaridan Moskvaga uchadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar qilingan Milliy kompaniya rasmiy saytida.

“Shu yilning 16-mayidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Nukus- Moskva-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha to‘g’ridan-to‘g’ri qatnovlarni bajarishni yo‘lga qo‘yadi. Qatnovlar zamonaviy A320 samolyotlarida haftasiga bir marta dushanba kunlari bajariladi", — deyilgan xabar matnida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslar haftada bir kun – dushanba kuni A320 avialaynerida amalga oshiriladi. Parvoz ikki soat atrofida kechadi.

Yangiliklar lentasi
0