Rossiyada avtomobilni xavfli uslubda boshqargani uchun qamoq jazosi berilishi mumkin

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRossiya YHXX xodimi
Rossiya YHXX xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqt ichida, Rossiya YHX qoidalariga “xavfli harakatlar” tushunchasi kiritiladi. Bunday harakatlar amalga oshirgan haydovchilar jiddiy javobgarlikka tortiladi. Ularning haydovchilik guvohnomasi o‘sha joyning o‘zidayoq olib qo‘yilishi, 10 ming rubl jarima solinishi yoki qamoq jazosi berilishi kabi jazolar muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 13 may — Sputnik. Rossiya davlat avtomobil nazorati xizmati harakat vaqtida haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan “xavfli harakatlar” ro‘yxatini tuzdi, RIA Novosti “Kommersant” nashri xabariga asosan.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev taklifi bilan 2015-yilning boshidan buyon yo‘l harakati qoidalariga kerakli o‘zgarishlar kiritish haqida tayorgarlik ketmoqda. Xususan YHX qoidalariga “xavfli harakatlar” tushunchasi kiritilishi va bunday harakatni amalga oshirgan haydovchilarni jazolash haqida. Bugungi kunga kelib, haydovchining quyidagi “xavfli xarakat”lari qoidabuzarlik ro‘yxatiga kiritish belgilandi:

  • Harakat ustuvorligi belgilariga ega bo‘lgan avtomobillarni o‘tkazib yubormaslik;
  • Yo‘lning barcha qatorlari band bo‘lganda, u qatordan bu qatorga tez-tez o‘tish;
  • Old va yon tomondan harakatlanayotgan avtomobillarga nisbatan xavfsizlik masofasini saqlamaslik;
  • Kerak bo‘lmagan joyda keskin to‘xtash;
  • Quvib o‘tishga ataylab xalal berish;  

Davlat YHXX fikriga ko‘ra, haydovchining bunday xarakatlari “begunoh odamlarning o‘limiga yoki yaralanishiga olib keluvchi vaziyatlar yaratishi yoki o‘zgalarning transport vositalariga yoki boshqa mol-mulkiga zarar yetkizishi mumkin”.

Qonun tashabbuskorlari har bir vaziyatni o‘ta sinchikov o‘rganib chiqib qoidalarda ularni batafsil tariflab berish niyatida.

Yangiliklar lentasi
0