O‘zbekiston 2016-yilda 1,2 mln tonna meva-sabzavot eksport qiladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMeva-sabzavot bozori
Meva-sabzavot bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mahsulotining asosiy xaridorlari – Rossiya, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlari. Gilos, olma, shaftoli, poliz mahsulotlari va sitrus mevalar - talab eng kuchli bo‘lgan mahsulotlardir.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston yil boshidan beri chet ellik tashkilotlar bilan 176ta uzoq va qisqa muddatli shartnomalar tuzdi. Shartnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston respublikada yetishtirilgan meva sabzavootlardan 1,27 mln tonnasi eksport qilinadi, ularning umumiy qiymati 1,37 milliard dollarni tashkil qiladi,  "O‘zbekoziqovqatxoldinge" xabariga asosan.

“Ichki va tashqi majburiyatlarini bajarish uchun davlat fermerlar bilan 1,56 mln tonna sabzavot, poliz va uzum mahsulotlari yetkizib berish haqida shartnoma tuzdi. Ushbu mahsulotlardan 906 ming tonnasi "O‘zbekoziqovqatxolding", va 495 ming tonnasi — "O‘zagroeksport" tomonidan buyurtma berilgan, dedi manbaa.

O‘zbekiston mahsulotining asosiy xaridorlari – Rossiya, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlari. Gilos, olma, shaftoli, poliz mahsulotlari va sitrus mevalar — talab eng kuchli bo‘lgan mahsulotlardir.

Suhbatdoshning so‘zlariga qarganda O‘zbekiston yaqin yillar ichida qayta ishlangan va yangi uzilgan mahsulotlar eksportini 2,7 baravarga oshirmoqchi. Undan tashqari konserva, sok va konsentratlar eksportini – 2,5 baravarga oshirmoqchi. Ushbu maqsadlarga chet elga mahsulot yetkizib berish tizimini takomillashtirish orqali erishishga qaror qilingan.

2016 aprelida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “O‘zagroeksport” ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil qildi. Ushbu kompaniya ixtiyoriga respublikadagi asosiy ulgurji savdo baza va omborxonalari, sovutish xonalari va savdo uylari topshirildi.  

O‘zbekiston hukumati meva-sabzavot eksportiga to‘sqinlik qilayotgan ba’zi qonunlarni ham bekor qildi. 2016-yilning 1-iyulidan boshlab respublikada jismoniy va yuridik shaxslarga avtomobil transportida chet elga meva va sabzavot eksport qilishga ruxsat beriladi. Faqat eksport qiluvchi xalqaro yuk tashish litsenziyasiga ega bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0