Chirchiq transformator zavodi chet ellik boshqaruvchi yollamoqchi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishTransformator
Transformator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Chirchiq transformator zavodi” AJ xabariga ko‘ra, tashkilot rahbari O. Nazarov 2016-yilning may oyida o‘z lavozimidan bo‘shatilgan edi.

 

TOShKENT, 13-may — Sputnik. “Chirchiq transformator zavodi” AJ kuzatuvchilar kengashi bo‘shagan direktor lavozimga konkurs asosida chet ellik yuqori malakali boshqaruvchilarni yollashga qaror qildi.

Tashkilot 70-yildan beri transformatorlar va transformator stansiyalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mahsulot turli quvvatlarda ishlab chiqariladi 10, 35, 110. Undan tashqari korxona turli murakkablikdagi tarnsformatorlar ham ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda korxona mijozlari “O‘zbekenergo”, Navoiy va Olmalik TKMK, “O‘zbekiston Temir Yo‘llari”, “O‘zkimosanoat”, “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Ko” va boshqalardir.

«ChTZ» savdo belgisi yaqin va uzoqdagi chet el mamlakatlarida yaxshi tanish.

Zavod mahsuloti o‘zining doimiy hamkorlari bo‘lgan MDH mamlakatlaridan tashqari, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Misr, Suriyu, Liviya, Livan, Iroq, Eron, Turkiya, Vyetnam, Laos, Bangladesh, Koreya, Marokko, Kuba, Boliviya, Gretsiya, Bolgariya, Polsha va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0