Sputnik Xitoy OAVlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tish"Sputnik" xalqaro axborot agentligining logotipi
Sputnik xalqaro axborot agentligining logotipi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik axborot agentligi va radiosi Xitoyning Xeyluszan provinsiyasidagi eng old OAVlardan biri - Dongbei Wang axborot portali bilan bitim imzoladi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bitim imzolash tadbiri 12-16 may kunlari Shenchjen shahrida o‘tkazilayotgan 12-Xalqaro madaniyat industriyasi ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Dongbei Wang portalining Bosh muharriri Bao Linsuan va Sputnik rahbari o‘rinbosari Dmitriy Sobiyev ishtirok etishdi.

Bu Xitoy OAVlari Sputnik o‘rtasida imzolangan uchinchi bitimdir. Hujjat shartlari bo‘yicha, tomonlar Rossiya va Xitoyda ro‘y berayotgan voqealar borasida o‘zaro ma’lumot almashishlari, ikki mamlakat jurnalistlariga har tomonlama ko‘mak berilishi va axborot sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi dialogni rivojlantirishga ko‘maklashish belgilangan.

 

Yangiliklar lentasi
0