Politico: Pentagonga "Rossiya dushmanchiligi" nima uchun kerak?

© Sputnik / Denis Petrov / Mediabankka o‘tishAQSh harbiylari
AQSh harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon amerikaliklarni Rossiya tomondan bo‘ladigan xavf-xatarlar bilan qo‘rqitib, mamlakat Qurolli kuchlariga yanada ko‘proq mablag‘ sarflashga chaqirmoqda...

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Amerikaliklarga har burchakda Rossiya harbiy kuchlari "ko‘rinmoqda". Shu bois, Pentagon Amerika xalqini mamlakat qurolli kuchlariga yanada ko‘proq mablag‘ sarflashga chaqirmoqda. Ammo bu "qayg‘urish" mamlakatning tijorat sohasidagi manfaatlariga xizmat qilmoqda, xolos, deb yozadi Politico nashri. RIA Novosti xabari asosida.

Admiral Richardson: Amerika Rossiya va Xitoyga yetakchilikni berib qo‘ymaydi

O‘tgan oyda harbiy amaldorlar Senatni agar AQSh Rossiya bilan to‘qnash keladigan bo‘lsa, mamlakat qurolli kuchlarini qayg‘uli kelajak kutayotgani haqida ogohlantirishdi. Ular, agar armiya budjeti oshirilmaydigan bo‘lsa, u holda Amerika Rossiyadan harbiy sohada ancha ortda qolib ketishini ta’kidlashdi, deb yozadi nashr.

Harbiylar bildirayotgan takliflari e’tibordan chetda qolib ketmasligi uchun Senatga amerikaliklar ustiga yopirilib kelishi mumkin bo‘lgan "uch metrli alpkelbat rus bahodirlari" haqida ham eslatib o‘tishgan

Amerika piyoda qo‘shinlari katta ofitserlarining fikricha, harbiy budjetning qisqarishi armiya jangovor tayyorgarligi va modernizatsiyasini susaytirishi mumkin.

Ammo, bu yerda gap milliy xavfsizlik haqida qayg‘urish haqida bormayapti, shunchaki, aksariyat amaldorlar ko‘proq daromad olish istagida bu fikrlarni aytmoqda. Chunki Pentagonning aksariyat xodimlar yuqoridagi fikrni yoqlamaydilar, deb ta’kidlaydi maqola muallifi.

"Armiyaga maqsad va budjetning kattagina qismi kerak. Bizlarni qurshab olishi mumkin bo‘lgan rus askarlari kartinasi esa, ayni maqsadga muvofiqdir. Ammo bu safsatadan boshqasi emas", — deb ta’kidladi amerikalik zobitlardan biri.

Bundan sal oldin AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter AQShga xavf soluvchi 5 tahdid haqida gapirar ekan, Rossiya davlatini birinchilardan bo‘lib tilga olgan edi.

NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari yangi bosh qo‘mondoni general Kertis Skaparotti esa alyans a’zolarini "kuchayib kelayotgan Rossiya" tomonidan bo‘ladigan tahdidlarga har doim tayyor turishga chaqirgan.

Moskva esa Yevropaga nisbatan ziddiyatlarni avj oldirishdan manfaatdor emasligini, ammo, G‘arb tomonidan bo‘ladigan har qanday dushmanchilik harakatiga munosib javob qaytarishga tayyorligini muntazam ravishda aytib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0