Moskvadagi qabristonlarning birida 400 nafar osiyolik ishtirokida otishma ro‘y berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRossiya politsiyasi
Rossiya politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi Xovan qabristoni hududida 400 nafar osiyolik ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda. Bundan sal oldin ishtirokchilar soni 150 nafarni tashkil etishi xabar qilingan edi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Moskva shahridagi Xovan qabristoni(Novomoskovskiy okrugi)da 400 kishi ishtirokida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi, hodisa joyiga OMON jangchilari jalb qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Moskva shahridagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi Xovan qabristonida mushtlashganlarning 50 nafari voqea joyida qo‘lga olindi

Sal oldin ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari soni 150 kishini tashkil etishi haqida ma’lumot berilgan edi.

"Bir necha guruhlar o‘zaro mushtlashishmoqda. Ularning umumiy soni taxmina – 150 kishini tashkil etadi. Hudud to‘liq o‘rab olinib, mushtlashuv ishtirokchilari qo‘lga olinganidan so‘ng ularning soni qanchaligini aniq aytish mumkin”, — deb xabar qilgan edi manba.

Moskva shahar IIV bo‘linmasi matbuot-xizmati rahbari Sofya Xotinaning xabar berishicha, mojaro qabriston hududini o‘zaro bo‘lib ololmaslik tufayli ro‘y bergan.

"Mushtlashuv ishtirokchilari qabriston hududini o‘zaro bo‘lib olisholmay, janjalni yuzaga keltirishgan. Ayni vaqtda qonunbuzarlik holati bartaraf etildi", — dedi Xotina.

Boshqa bir manba bergan xabarga ko‘ra esa, qabriston hududida  sodir etilgan mushtlashuv ishtirokchilarining aksariyatini Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. Mushtlashuv ishtirokchilari tayoqlar, bitalar, armatura bo‘laklari bilan qurollangan bo‘lgan.

Hodisa joyida o‘q tovushlari eshitilayotgani ta’kidlanmoqda. Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor.

"Mushtlashuv davomida otish qurolidan foydalanish holati bo‘lgan, shu bois, mushtlashganlar orasida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar bor. Ularni "Tez tibbiy yordam" mashinasi qabristondan olib chiqmoqda", — deb ta’kidladi agentlikka manba.

Yangiliklar lentasi
0