Xovan qabristoni uchun bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOmmaviy mushtlashuv va otishmadan so‘ng qabriston OMON jangchilari tomonidan qurshab olindi
Ommaviy mushtlashuv va otishmadan so‘ng qabriston OMON jangchilari tomonidan qurshab olindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuvdan keyin Rossiya Federatsiya Kengashi a’zolari migratsiya qonunchiligini yanada kuchliroq nazoratga olib, O‘zbekiston va Tojikiston respublikalariga viza tartibini kiritish taklifi bilan chiqishdi.

TOShKENT, 15 maySputnik. O‘tgan hafta shanba kuni Moskva shahri, Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv jamoatchilik orasida katta shov-shuvga aylandi.

Ommaviy mushtlashuv tafsilotlarini qisqa satrlarda aytib o‘tamiz:

RIA Novosti axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra turli millat diasporalari ishtirokida (200 kishi) ro‘y bergan mushtlashuv oqibatida, 3 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi jarohatlangan(yaradorlarning teng yarmi otuv qurolidan lat yegan).

Ommaviy mushtlashuvda ishtirok etganlarning 100dan ortig‘i qo‘lga olingan.

Ommaviy mushtlashuv qatnashchilarining 12 nafari hech qanday hujjatga ega emasligi, 30 dan ziyodi esa Rossiyada noqonuniy ravishda yashab yurganligi aniqlandi.

Xovan qabristoni rahbari egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan qotillik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Moskva seri Sergey Sobanin Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga amaliy yordam ko‘rsatilishini aytdi. "Qabristonda yuzaga kelgan ommaviy mushtlashuv aybdorlari va ishtirokchilari jazolanadi", — dedi Sobanin.

Ommaviy mushtlashuvdan keyin Moskva shahridagi politsiyachilar poytaxtdagi 78ta qabriston faoliyatini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadigan bo‘ldi.

Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv oqibatida lat yegan qabrtoshlarini tiklashni Moskva shahar hokimligi o‘z zimmasiga oldi.

Ommaviy mushtlashuv haqidagi xabardan keyin tezkor ravishda hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borgan va ikki kishi o‘limida gumon qilinayotgan qurollangan uch nafar jinoyatchini qo‘lgan olgan uch nafar politsiya xodimlari mukofotga ta’sis etildi.

Yangiliklar lentasi
0