O‘liklar uchun jang: Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv kimga va nimaga kerak bo‘ldi?

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva shahri Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv
Moskva shahri Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi eng katta qabristonlardan biri bo‘lgan – Xovan qabristonini chirmab olgan qonuniy va noqonuniy biznes o‘tgan hafta so‘nggida eng katta inqirozni boshdan kechirdi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Bunday ommaviy to‘polonni birinchi bor ko‘rishim. Hatto mash’um tarixi bilan mashhur 90-yillarda ham qabrtoshlarni sindirish, qurol ko‘tarib yugurgan quturgan olomonni ko‘rmaganmiz, deydi voqea guvohi bo‘lgan qariyalardan biri, RIA Novosti.

Moskvadagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. - Sputnik O‘zbekiston
Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv tafsilotlari

Oradan bir kun o‘tib, dafn marosimi uchun kerakli uskunalarga ega ko‘psonli pavilon egalari hamda ularning yollanma ishchilari yo‘qotishlarni hisoblash bilan shug‘ullanishmoqda.

O‘liklar uchun jang

"Bu yerda nima ro‘y berdi o‘zi?" — degan savolga, deyarli hammadan bir xil javob oldik. Faqat, hamma o‘ziga xos hissiyot bilan so‘zladi, xolos. Shanba kungi hodisalarga guvoh bo‘lgan va bugun turmush o‘rtog‘ining qabrtoshiga shikast yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun qabristonga qadamranjida qilgan keksa ayol bu savolga ko‘zda qo‘rquv bilan javob qaytargan bo‘lsa, gulchambarlar sotadigan sotuvchilar iltifot aralash tabassum qilishdi. Atrofni o‘rab olgan politsiyachilar javobidan — charchoqni va hushor tortganlikni ilg‘ash mumkin edi.
— Bu yerda nima bo‘ldi o‘zi?
— Nima bo‘ldi? Urush bo‘ldi.
— Urush deysizmi? Chinakam urushmi?
— Odamlarni o‘ldirishgan ekan, demak, chinakam.
Shanba kuni, hodisa ro‘y bergan joydan ilk kadrlar internetda paydo bo‘lganida, ommaviy janjal kelib chiqishiga ikki holat sabab bo‘lgani aytilgan edi. Birinchi sabab qilib millatchilik asosida yuzaga kelgan kelishmovchilik ko‘rsatildi (chunki to‘qnashuvda bir tomondan Tojikiston fuqarolari, ikkinchi tomondan esa — Shimoliy Kavkaz vakillari qatnashishgan edi).

Ikkinchi versiya — qabristonlar biznesida yetakchilik uchun kurash — poytaxt IIV shahar bo‘linmasi tomonidan shu kunning o‘zidayoq aytilgan edi.

Yanayam soddaroq qilib aytganda, kimlar Moskvadagi qabristonlarga pullik xizmat ko‘rsatishiyu, kimlar ana shu ishchilardan “tovon” olishini bo‘lib olish zarurati tug‘ilib qolgan.

Moskvadagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. - Sputnik O‘zbekiston
Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv tafsilotlari
"Hammasi pulni, deb bo‘ldi. Bu yerda millionta qabr bor. Ularning hammasiga parvarish kerak. O‘lgan insonlarning qarindoshlari ko‘pincha bu yerga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Shunday ekan, qabrlar orasta qilingan, supurib-sidirilgan hamda qimmat marmartosh o‘g‘irlab ketilmasligi uchun ular pul to‘lashga rozi. Murdani ko‘mish uchun yaxshiroq joy olish, qabrni markazroqda joylashtirish haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Bu qancha turishini bilasizmi? Bu kabi masalalarni ma’muriyatga qarashli odamlar hal etadilar. Lekin qabr atrofidagi panjarani to‘g‘rilab qo‘yish, bo‘yash, o‘tni yulish, yangi xoch o‘rnatish – bularni hammasi pul turadi”, — deb izoh beradi shu yerda joylashgan dafn marosimlari uchun kerakli anjomlarni sotadigan do‘kon egalaridan biri.

“Qabriston biznesi”ni qo‘lga olgan tojikistonliklar ularning o‘rnini egallab olmoqchi bo‘lgan dog‘istonliklar bilan jang qilganligi rostmi, degan savolga ko‘pchilik jilmayish bilan javob qaytaradi.

Ha, ko‘plab rasmiy va norasmiy xabarlarda xuddi shunday deb yozildi, ammo… Haqiqatda, Xovan qabristoni – u yoki bu turdagi mablag‘ manbaini o‘zaro taqsimlab olgan butun boshli etnik uyushmalar konglomerati hisoblanadi.

Misol uchun, qabristondagi asosiy “qora ish”ni haqiqatan ham tojiklar bajarishadi. Qabristondagi do‘kon rastalarida rus va kavkaz millatiga mansub erkak va ayollarni uchratish mumkin. Qabr ustiga qo‘yiladigan yodgorlik va marmartoshlarni asosan ozarbayjonliklar nazorat qilishadi va hokazo. Xullas, “qabriston biznesiga” poytaxtda mavjud bo‘lgan diasporalarning barchasi jalb qilingan. Faqat gruzinlarni aytmaganda. “Ularning Moskvadan manfaati boshqacha”, — deyishdi tabassum bilan.

"Bu yerda millatchilik mojarosi haqida gap borgani yo‘q. Gap xalqaro mojaro haqida ketapti” – dedi odamlar va bir zum jiddiy tortib qolishdi.

Kim qancha to‘laydi?

"Albatta, hammamiz ham “dolya” beramiz. Ammo, bizga bo‘ladigan normal munosabatlar uchun aql bovar qiladigan ulushni to‘lash boshqa. Ya’ni, posbonlar bizni quvmasliklari, mijozlarga bizni tavsiya etishlari, asbob-uskunalarni qo‘yadigan joy bo‘lishi, “oblava”lar bo‘lmasligi uchun…

Ammo, allaqanday begonalar kelib, “oyog‘ing sinishini xohlamasang, bugundan boshlab bizga to‘laysan, to‘laganda ham ko‘p to‘laysan”, deydigan bo‘lsa, hech kim ularga bo‘ysunishni istamaydi albatta”, — deb hikoya qiladi qabristonda “o‘zini himoya qilgan” ishchilardan biri.

"Ular esa, yoki to‘laysan, yoki bu yerdan daf bo‘lasan, bu yerga o‘zimizning odamlarimizni olib kelamiz, “g‘ing” deydigan bo‘lsalaring, do‘koningdagi tovarlarni chil-parchin qilamiz, qarshilik ko‘rsatganlarning – oyoq qo‘lini sindiramiz, deyishadi. Aytishlaricha, zorimizni Xudoga aytar ekanmiz. Hech kim baribir bizga yordam bermas ekan. Ular, sizlar hammalaring bu yerda noqonuniy yashayapsanlar, politsiya ham senlarni ayblab, qamaydi, deyishdi”, — gapga aralashdi ikkinchi ishchi.

Ommaviy mushtlashuv va otishmadan so‘ng qabriston OMON jangchilari tomonidan qurshab olindi - Sputnik O‘zbekiston
Xovan qabristoni uchun bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi
Ikki ishchining so‘zlariga qaraganda, hukumat tomonidan bildirilgan ikkinchi versiyada jon bor: rad javobini olgan “begonalar”, endi urushga tayyor bo‘linglar, degan ochiqchasiga.

"Bu yerdagilarning hammasi bilardi. Ikki hafta oldin hammamizni ogohlantirishgandi: kelib kaltaklashlari haqida. Biz, tabiiyki, politsiyaga, ma’muriyatga xabar berdik. Rahbariyat kelishuvi asosida bizga yordam uchun politsiyachilarni yuborishdi. OMONlar edi, shekilli, aniq bilmayman, xullas forma kiygan, qurollangan odamlar bizni qo‘riqladi”, — deydi suhbatdosh, yelkasidagi lat yegan joyini ishqalab.

Natijada, hammasi o‘ylagandek bo‘lib chiqdi. Ulkan hududga ega qabristonga “usilenie”dagi politsiyachilar kamlik qildi, ular hamma vaqt bir joyda turolmasdi ham. Bir necha kun davomida politsiyachilar mashinasi yaqin atrofda navbatchilik qildi. Ammo, shanba kuni tushga yaqin, xuddi aksiga olgandek politsiyachilar qayoqqadir ketib qolishgan edi.

Politsiyachilar ketidan “begona odamlar” kuzatganmi, yoki shu yerdagilardan kimdir xabar qilganmi – endi aniqlashning imkoni yo‘q, ammo politsiyachilarning ketishini kutishganlari rost. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, xuddi qo‘mondondan buyruq olgan askarlar kabi, kavkazcha tashqi ko‘rinishga ega erkaklar yugurib kela boshladilar. Ular tayoqlar va armatura bo‘laklari bilan qurollangan edi. “Begonalar” o‘z niyatiga qanday bo‘lmasin bo‘lmasin, erishishni maqsad qilib olishgani ayon bo‘ldi…

“Xovanchilar”

"Hozir ko‘pchilik qabriston ma’muriyatining ishi bu, degan fikrga kelgan. Chunki hujum qilingan vaqtda ma’muriyat shu yerda bo‘lgan, qanday qilib odamlarni kaltaklashayotganini to‘siq ortidan turib kuzatib turishgan. Hatto, aralashishmagan ham”, — deydi dafn-marosimi uchun kerakli anjomlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo do‘konida ishlaydigan ayollardan biri.

— Politsiyachi? – savol tashlashdi qiziqib atrofdagilar.

— Nima politsiya? Ular yetib kelishganida, bu yer ag‘dar-to‘ntar bo‘lib bo‘lgandi. Hovli toshlarga to‘lgan, butun qabriston bo‘ylab otishma ro‘y bergan. Begonalar to‘rt kishi bo‘lib keldi, bu yerda esa ularni qo‘lida armatura bilan o‘ttiz kishi kutib oldi. Ichkariga qarab yugurib ketishdi, ularni hech kim quvlab o‘tirmadi. Agar quvlab borishganida, u yoqda ular politsiyachilarni ham o‘ldirishlari tayin edi. Bu yerga bitta emas, o‘nta mashina yuborilishi kerak edi.

Ayolning so‘zlariga qaraganda, OMONchilar avtobusi va politsiyachilar yetib kelgach, darhol mushtlashayotganlarni ushlashga tushmagan. Avvaliga qabriston orqali o‘tadigan barcha yo‘llarni yopishgan, kirish-chiqish joylariga odamlarni qo‘yib, ziyoratga kelgan odamlarni uy-uylariga tarqatganlar. Shundan so‘ng katta-katta guruh bo‘lib hududga kirishgan va ko‘p o‘tmay qo‘lga tushganlarni olib chiqa boshlaganlar.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, politsiyachilar qo‘liga asosan o‘zini hujum qilganlardan o‘zini kurak, tayoq va toshlar bilan himoya qilgan qora ishchilar — tojiklar tushgan.

"O‘g‘lim shu yerda asbob-uskunalarni taxlayotgan bo‘lgan. U Rossiyada mehnat qilish huquqini beruvchi barcha hujjatlarga ega. Ammo, politsiyachilar o‘g‘limning qo‘lidagi panshaxani ko‘rib, qolganlar bilan birga olib ketgan. Uni qo‘yib yuborishlarini kun bo‘yi kutdim”, — deya hikoya qiladi qari tojik chol.

Guvohlarning aytishiga qaraganda, hujum qilganlarning aksariyati politsiyachilar qo‘lga olishni boshlamasdan qurollarni atrofga uloqtirgan. Odamlar sal keyin qabriston atrofidagi kanal yoqasidan pichoqlar va armatura bo‘laklarini topishgan. Bu ashyoviy dalillarni topish uchun politsiya xodimlari shanba kuni atrofni titib chiqishgan, kamuflyaj kiygan odamlar va tergovchilarni qabrlar orasida yakshanba kuni ham uchratish mumkin edi.

Qurol va proletariat

Guvohlarning hikoya qilishlariga qaraganda, asosan tojiklarni va qo‘lida ishchi instrument bo‘lgan duch kelgan odamlarni do‘pposlashgan. Hujum qilganlar qabriston ishchisini ko‘rdimi, uning yonida kim bo‘lishidan qat’iy nazar (ishchini yollagan qari chol yoki kampir bo‘lishidan qat’iy nazar) odamlarning ko‘z o‘ngida uni kaltaklagan. Aralashmoqchi bo‘lganlar ham kaltaklangan.

Moskva shahar Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv - Sputnik O‘zbekiston
Xovan qabristonidagi mushtlashuv ishtirokchilarini deportatsiya kutapti

"Ana ko‘rapsizmi, qizaloq turibdi, ismi Vika, u ham o‘sha kuni qabristonda ishlayotgan bo‘lgan. Mijozlar qizdan to‘siqni bo‘yab berishni iltimos qilishgan. Qiz bechorani shunaqa do‘pposlashganki, u hozir oqsab qolgan, oyog‘ida chandiq qoldi. “Agar yashashni xohlasang, bu yerdan yo‘qol”, deb baqirishgan unga”, — deya hikoya qiladi qabristonda ishlaydigan ayollardan biri.

"Yo‘lda uchragan borki, kaltaklangan. Har tomondan bostirib kelib, siquvga olib. Ayovsiz kaltaklashgan. Hujum qilganlar bita va armatura bilan qurollangan bo‘lgan, biznikilar esa tosh va belkurak bilan. O‘lik tananing biri qabristonning shimoliy qismidan topilgan”, — deb so‘zlab berdi qabristondagi ishchilardan biri.

Qurbonlar soni

Mushtlashuv natijasida bo‘lgan bo‘lgan qurbonlar, qo‘lga olinganlar va jarohatlanganlar soni haqidagi ma’lumotga tomonlarning hech biri ishonmayapti, chog‘i. Hattoki, hodisa joyida ish olib borayotgan muhofaza organlari xodimlari ham.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea joyiga yetib borgan jurnalistlarni ichkariga qo‘ymaganini e’tibordan chetda qolmaydigan epizodga kiritish mumkin.

Voqea sodir bo‘lgan kunda ikkita qurbon haqida ma’lumot berildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv oqibatida, jami uch kishi halok bo‘lgan. Jurnalistlar tomonidan kechadan beri bu raqamlar o‘zgarmadimi, degan savol berildi, albatta.

— Sizlar nechta deyildi, uchtami? Demak, uch kishi halok bo‘lgan.

Ikki yuz nafar ishtirokchidan 120 nafari qo‘lga olindi, degan ma’lumot to‘g‘rimi, degan savol ham huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari orasida tabassum bilan kutib olindi, deyish mumkin.

Ammo bu savolga izoh berishni hech kim istamadi, tegishli tashkilotlar matbuot-xizmatiga murojaat etishni tavsiya qilishdi.

Bir guvohning so‘zlariga qaraganda, o‘liklar soni kamida besh kishini tashkil qilishi kerak. Chunki, uning o‘zi avtomobil bilan qilingan hujum oqibatida ikki kishining halok bo‘lganiga guvoh bo‘lgan. Guvohning aytishicha, agar real ma’lumotlar rasman e’lon qilingan xabarlardan farq qilsa, u holda bu raqamlarni yashirishdan hojat yo‘q. “Men ko‘rgan o‘liklardan birini oldin boshini yorib, yarador qilib, keyin ustidan mashina bilan bosib o‘tishgan”, — deydi guvoh.

Ommaviy mushtlashuv va otishmadan so‘ng qabriston OMON jangchilari tomonidan qurshab olindi - Sputnik O‘zbekiston
Xovan qabristoni uchun bo‘lgan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi

Ammo ko‘ngilsizliklar shu bilan tugadi, degani emas.

"Tojikistonlik tanishlarim orasida yigirma kishi dom-daraksiz yo‘q. Yaqinlari ular bilan aloqaga chiqisholmayapti. Politsiyachilar ham ularni olib ketmagani ma’lum bo‘ldi, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishmayapti – telefonlari o‘chirilgan. Birortasi shu paytgacha yaqinlari bilan aloqaga chiqmagan. Balki ular, endi bizni aybdor qilishadi, Rossiyadan quvib solishadi, deb o‘ylab, biror joyda bekinib yotishgandir. Balki bundan yomonroq voqea bo‘lgandir, hech kim bilmaydi”, — deydi suhbatdosh.

Qayg‘uli kelajak

Qabriston biznesi bilan bog‘liq ushbu voqea nima bilan tugaydi, degan savolga ishchilar va biznesmenlardan turfa javob oldik. Kimdir hazil aralash javob qilgan bo‘lsa, boshqa birlari xuddi avvalgidek ishlashda davom etishlarini aytishdi. Sodir bo‘lgan hodisa yaxshilikdan dalolat emas, deb hisoblaydiganlari ham yo‘q emas.

"Axir siz hammasi shu bilan tugaydi, deb o‘ylamaysizku, to‘g‘rimi? Bizni hech kim qo‘riqlamoqchi emas. Politsiyachilardan iborat butun boshli polk bilan ham qabristonni o‘rab olishning imkoni yo‘q. Shunday ekan, orqa-oldinga olazarak qarab, ishlashda davom etamiz”, — dedi o‘zini Roman deb tanishtirgan qabriston ishchisi.

Romanning aytishicha, hozirda qabriston ma’muriyatini qaroqchi-reyderlar bilan bog‘liq hodisa xotimasidan ko‘ra, davlat organlari ko‘proq tashvishga solmoqda. E’lon qilingan reyd va tekshiruvlardan bilish mumkinki, “hamma ishchilarni tekshiruvga chaqirtirib” yugurtirishadi, tinch ishlashga qo‘ymaydilar. Hattoki, odamlardan shikoyat tushmagan migrantlarni ham ushlab, hibsga olishlari yoki uylariga jo‘natib yuborishlari mumkin.

"Nima ularning o‘rniga yaxshi odamlar keladi, deysizmi? Yo‘q, mana shu urushni keltirib chiqarganlar keladi, xolos. Ular halol mehnat neligini bilishmaydi, shu yerda savdo qilayotgan yoki oddiy ishlar bilan shug‘ullanadigan odamlarning pullarini tortib olishadi, bu aniq. Bunday banditlarga pul berish uchun esa narxni oshirish kerak. Bu degani, demak, barcha mijozlar, butun Moskva pul to‘laydi, ularga. Agar bizni quvib solishsa, bu banditlar g‘alaba qozonganini anglatadi”, — dedi tojikistonlik nolegal ishchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0