"Dotsent" haykalini o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklarga qamoq jazosi tayinlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishSobiq Ittifoq artisti Yevgeniy Leonovga qo‘yilgan haykal.
Sobiq Ittifoq artisti Yevgeniy Leonovga qo‘yilgan haykal. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov Qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, aybdorlar 2015-yil 16-oktabrga o‘tar kechasi haykalni o‘g‘irlab, bo‘laklarga bo‘lib, metallolom sifatida 39 ming rublga sotib yuborishgan. Haykalning real bahosi esa 160 ming rublni tashkil etadi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Yevgeniy Leonovning "Omadli jentelmenlar" filmidagi Dotsent personajiga o‘rnatilgan haykalni o‘g‘irlashganlari uchun, O‘zbekistonning 7 nafar fuqarosiga sud tomonidan qamoq jazosi belgilandi, deb xabar qilmoqda "Moskva shahar yangiliklar agentligi".

"Sud Abduxalim Rafiyev, Behzod To‘rayev, Usmonjon Umarov, Sardor Rafiqaliyev, Asqarbek Abduxalilov va Begzod To‘ychiboyevni o‘g‘irlik sodir etganlikda aybdor deb topdi va ularning har birini 2-yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qildi. Mahkumlar jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashadi. Fazliddin Shermatov esa 2-yilu besh oyga ozodlikdan mahrum qilindi, u ham jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi", — deb xabar qildi Nikulinsk tuman sudi matbuot-kotibi Alona Samoxodkina.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2015-yil 16-oktabrga o‘tar kechasi aybdorlar "Park aktorskoy slavi" hududiga GAZ 2752 avtomobilida kirib kelib, haykalni mashina kuzovi yordamida turtib, shundan so‘ng uni avtomobilga yuklab, rangli metallarni qabul qiladigan punktga yo‘l olganlar. U yerda "Dotsent"ni bo‘laklab, 39 ming rublga pullaganlar. Og‘irligi 300 kg dan ortiq bo‘lgan bronza haykalining haqiqiy bahosi esa 160 ming rublni tashkil etadi.

Jinoyatchilar shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0