O‘ztransgaz va Hyundai BS&C hamkorlikda suyultirilgan gaz uchun ballonlarni ishlab chiqaradi

© NXK Uzbekneftegaz"O‘zbekneftegaz" binosi
O‘zbekneftegaz binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro forumning uchinchi kunida «O‘zbekneftgaz” MXK va xorijiy neftgaz kompaniyalari ishbilarmon doiralarining uchrashuvlari davom etdi.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. OGU-2016 Xalqaro forumining uchinchi kunida ikki tomonlama muzokaralar formatida neftgaz industriyasining qator sektorlarida hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, deb xabar berilgan "O‘zbekneftgaz" rasmiy satida.

Jumladan, Koreya, Xitoy, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar delegatsiyalari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarning mazmunli kun tartibi doirasida asosiy e’tibor investitsion hamkorlik, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro munosabatlarning muhim jihatlariga jiddiy e’tibor qaratildi.

KNOC (Koreya), CNODC (Xitoy), Hyundai BS&C (Koreya) kabi kompaniyalar vakillari bilan B2B tartibidagi uchrashuvlar chog‘ida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, neft va gazni tezkor hisobga olish tizimida innovatsion ishlanmalarni yaratish va ulardan foydalanish, texnologik uskunalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.

«O‘ztransgaz» AK va «Hyundai BS&C» kompaniyasi o‘rtasida suyultirilgan gaz uchun kompozitli ballonlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0