O‘zbek qizlarini Turkiyaga sotgan “Ozoda shirkat” jinoiy guruhi qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishHibsga olinganlar
Hibsga olinganlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan jinoyatchilardan biri - samarqandlik 39 yashar Ozoda Jafarovadir. Intim xizmatlar uchun qizlarni yollash va sotish bilan shug‘ullanganib kelgan bu ayol omma orasida "Ozoda shirkat" laqabi bilan mashhur bo‘lgan.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston Maxsus xizmat vakilari odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatini fosh qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga IIBdagi manba.

Politsiya xodimlari aybdorni olib kelishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Besh nafar rossiyalikni qatl etganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik sud qilinadi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati vakillari tomonidan qo‘lga olingan jinoyatchilarning biri samarqandlik 39 yashar Ozoda Jafarovadir. Ayol 2007-yildan buyon Turkiyada yashaydi. Intim xizmat ko‘rsatishlari uchun qizlarni yollab, ularni sotish bilan shug‘ullangan Ozodani orqavarotdan "Ozoda shirkat" deb chaqirishgan.

"Jafarova soxta pasport bilan Qozog‘iston orqali, aylanma yo‘llar bilan O‘zbekistonga kelib-ketib yurgan. Sal keyin Turkiyaga qizlarni sotishda Ozodaning opasi, 47 yashar samarqandlik Roxila Jafarova ham aloqadorligi ma’lum bo‘lgan. Shu bois, R. Jafarova ham qo‘lga olingan. Ayol singlisining topshirig‘i bilan 2015-yilda Turkiyaga "ko‘p haq to‘lanadigan ish" bahonasida olti nafar samarqandlik ayolni yuborganini tan oldi. Hozirda ular Istambul fohishaxonalarida", — deb ta’kidladi manba.

O‘zbekiston maxsus xizmat vakillari qizlar Turkiyaga Tehron orqali yuborilganini aniqlaganlar. Buning uchun Roxila Jafarova 49 yashar qarindoshi samarqandlik Malika Jo‘rayeva yordamida Toshkentdagi Eron elchixonasida qizlarga viza to‘g‘rilab, ularga aviachiptalar xarid qilgan.

"Jonli tovar"lar Tehronda Armaniston fuqarosi Marina hamda Eron fuqarosi Solix tomonidan kutib olingan va Istambulga "kuzatib qo‘yilgan".

Ushbu fakt yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0