Hindistonda jaziramada qoldirilgan tuya o‘z egasining boshini uzib tashladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishTuya
Tuya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning Barmer okrugida kun davomida oyog‘i bog‘langan holda yotgan tuya o‘z egasining boshini uzib tashladi, deb xabar qilmoqda The Times of India nashri.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Jaziramada qoldirilgan tuya, o‘z egasining boshini uzib oldi, deb yozadi RIA Novosti.

Gap shundaki, jonivor egasi kech kirgandagina, tuya oyoqlari bog‘langan holda qoldirilganini eslab qolgan. Tuya oyoqlarini yechmoqchi bo‘lganida, esa jonivor o‘z egasiga hujum qilgan.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, tuya erkakning bo‘yniga hamla qilib, uning boshini uzib olgan va tanani yerga uloqtirgan. Jonivorni 25 kishi 6 soat davomida tinchlantirishgan.

Hindistonning ushbu regionida rekord darajada issiq o‘rnatilgan. Shanba kuni, ya’ni hodisa yuz bergan kunda havo +43 daraja qizigani xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0