Toshkent shahar OTMlarida o‘qish ikki smenada amalga oshirilmoqda

© UITToshkentdagi Inxa universiteti talabalari.
Toshkentdagi Inxa universiteti talabalari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta shanba kuni O‘zbekiston poytaxti va bir qator viloyatlardagi Oliy ta’lim muassasalarida joriy o‘quv mavsumi o‘z muddatidan ertaroq yakunlanishi haqida xabar e’lon qilindi. Talabalar barcha mavzularni o‘qib o‘rganishlari uchun hozirda poytaxtdagi ayrim OTMlarida o‘qish ikki smenada amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016-yil 21-may kungi 205-raqamli "O‘quv jarayoni grafigiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida" buyrug‘iga ko‘ra O‘zbekiston poytaxti va bir qator viloyatlardagi Oliy ta’lim muassasalarida joriy o‘quv mavsumi o‘z muddatidan ertaroq yakunlanadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot-xizmati.

Talabalar auditoriyada - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi
Hujjatda Toshkent shahar, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektoriga 2015-2016 o‘quv yili o‘quv rejalarida belgilangan barcha yakuniy nazoratlar hamda yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (shu jumladan, bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari)ni 2016-yilning 10-iyunigacha tugatilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Toshkent shahridagi oliy o‘quv maskanlarida tahsil olayotgan talabalarning so‘zlariga qaraganda, hozirda ayrim oliy o‘quv maskanlarida o‘qish ikki smenada amalga oshirilmoqda.

"O‘qish mavsumi 10-iyunda tugashi haqida shanba kuni ogohlantirildik. O‘qituvchilar kalendar rejasiga kiritilgan mavzular biz talabalarga yetkazib berilishi uchun hozirda ikki smena o‘qiyapmiz. Bu bir tomondan yaxshi, albatta. Ayniqsa, o‘qishni xohlaydigan talabalar bu xabardan xursand bo‘lishdi. Buyruq qanday bajarilayotganini esa prorektorlarning o‘zlari shaxsan nazorat qilishmoqda", — dedi Sputnik muxbiriga poytaxtdagi OTM talabalaridan biri.

Yangiliklar lentasi
0