O‘zbekistonda bug‘doyni sifatli qayta ishlovchi yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishDonli ekinlar yig‘im-terimi
Donli ekinlar yig‘im-terimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga kelib xolding mutaxassislari loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishgan, hozirda maxsus davlat organlari uni ko‘rib chiqishmoqda. Loyiha hujjatlarining asosiy qismi yil oxiriga qadar tasdiqlanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. "O‘zvinosanoat-xolding" kompaniyasi 2017-yilning oxiriga qadar O‘zbekiston uchun birinchi bug‘doyni qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Bug‘doy yig‘ini - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ozarbayjonga bug‘doy va gilam eksport qiladi

Bugungi kunga kelib xolding mutaxassislari loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishgan, hozirda maxsus davlat organlari uni ko‘rib chiqishmoqda. Loyiha hujjatlarining asosiy qismi yil oxiriga qadar tasdiqlanishi kutilmoqda. Loyiha hujjatlarining asosiy qismi yil oxiriga qadar tasdiqlanishi kutilmoqda, shuningdek texnologik uskunalarni "kaliti bilan" yetkazib beruvchilarni tanlash uchun tender e’lon qilingan.

"Bugungi kunga kelib xolding tomonidan foydalanilayotgan barcha bug‘doylar spirt ishlab chiqarish uchun jo‘natilmoqda. Biz yana bir juda muhim yo‘nalishni ishga tushirishga qaror qildik — kleykovin yoki glyutein ishlab chiqarish. Bu modda hozircha mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydi, xorijdan keltiriladi. O‘zbekistonda bu mahsulotga bo‘lgan talab juda katta, u unni to‘yintirish uchun zarur, bu modda unga qo‘shilsa, unning sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Shuningdek shirinlik va kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishda glyutendan foydalaniladi", — deya ta’kidlaydi manba.

Loyihaning umumiy qiymati 22 million dollarni tashkil etadi. Mazkur loyiha yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng bu yerda yiliga 8 ming tonna glyuten ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Olma va uzum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston olma eksportini ikki barobar oshirmoqchi

Loyiha hujjatlarini tasdiqlash bilan birga kompaniya mutaxassislari mazkur mahsulotning yetakchi ishlab chiqaruvchilari foydalanadigan texnologiyalarni o‘rganishda davom etishmoqda. Namuna tariqasida Rossiya kompaniyalarining tajribasi tanlandi. Masalan, bu yil xolding delegatsiyasi Kaluga viloyatida qurilayotgan "Biotexnologicheskiy kompleks — ROSVA" majmui hamda Tumen viloyatining Ishim shahrida barpo etilayotgan lizin va bug‘doy kleykovinasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat kompleksiga tashrif buyurdi.

"Bu juda muhim safar bo‘ldi, Rossiya kompaniyalari misolida glyuten ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, ular qo‘llayotgan texnologiyalarni o‘rganishga hamda Germaniya, Shvetsiya va Turkiyadan keltirilgan uskunalar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ldik. Endi esa biz olingan tajribani O‘zbekistonda qo‘llaymiz", — deya ma’lum qilgan xolding vakili.

Yangiliklar lentasi
0