Toshkentda ko‘prik ustida 11ta avtomobil to‘qnashib ketdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishAvtohalokat
Avtohalokat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri Ganga ko‘prigi ustida deyarli bir vaqtning o‘zida 11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Toshkentning Ganga ko‘prigi ustida 11 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi, deb xabar qilmoqda darakchi.uz nashri.
"Bugun, 24-may kuni ertalab soat 8:00 lar atrofida Toshkent shahri Ganga ko‘prigi ustida deyarli bir vaqtning o‘zida  11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook`ning “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabar bermoqda", deyiladi xabarda.
YTHda ko‘prik ustida yo‘lning qoq markazida uchta avtomobil bir-birini urib yuborganini ko‘rish mumkin. Oq rangdagi Spark avtomobilining orqasidan Cobalt avtomobili, uning orqasidan yana bir Spark avtomobili kelib urgan.
Foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, mana shu uch avtomobilga 5 metrcha yetmasdan soat 8: 30 larda yana bir yo‘l-transport hodisasining guvohi bo‘lishgan. Mazkur YTH esa 6 ta avtomobil ishtirokida yuz bergan. Ayniqsa, avariya ishtirokchilaridan biri Epica avtomobili jiddiy zarar ko‘rgan.
Nigora Xasanova ismli Facebook foydalanuvchisining aytishicha, u aynan mana shu ko‘prik ustida yana ikkita avtomobil ishtirokidagi YTHning ham guvohi bo‘lgan. Internet foydalanuvchisining ta’kidlashicha, u o‘sha hududdan o‘tayotgan paytda YPX xodimlari avariya sabablari va oqibatlarini o‘rganayotgan bo‘lgan.
Mazkur uchta YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumotlar keltirilmagan.

Yangiliklar lentasi
0