Hijobning yuz yillik tarixi bir daqiqada

© AP Photo / Alexander ZemlianichenkoRossiyalik musulmon-ayollar
Rossiyalik musulmon-ayollar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda arabcha moda tijorati tobora urf tusiga kirmoqda. Shu asnoda, aytib o‘tish joizki, ko‘plab yirik moda uylari o‘z nigohlarini Sharqqa tomon qaratganlar.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Omma orasida ancha mashhur bo‘lgan MuslimGirl.com blogi islom dini ramzi bo‘lmish — hijob va bir asr mobaynida u qanday o‘zgarishlarni boshdan kechirgani haqida videorolik suratga olib, uni  muxlislar e’tiboriga havola etdi. Hijobning 100-yillik tarixini yorituvchi 1 daqiqali rolik blogning  Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan.

Videoda turli davlat ayollari va ularning hijobni qanday o‘rashlari uslubi haqida keltirib o‘tilgan.

Videoni 1910-yillarda vujudga kelgan "misrcha" uslub boshlab beradi. So‘ngra, 1940-yillardagi, ya’ni Pokiston Britaniya saltanatidan mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan vaqtlarda vujudga kelgan uslub haqida aytib o‘tiladi.

90-yillarda, ya’ni Afg‘onistonda tolibon harakati vujudga kelgach, hijob taqish har bir ayol uchun majburiy etib belgilangan.

Bugungi kunda arabcha moda tijorati tobora urf tusiga kirmoqda. Shu asnoda, aytib o‘tish joizki, ko‘plab yirik moda uylari o‘z nigohlarini Sharqqa tomon qaratganlar.

Yangiliklar lentasi
0