Jamiyat

Dronlar oʻzbek amaldorlariga nega manzur boʻlmay qoldi?

Sputnik muxbirlari uchuvchisiz parvoz qurilmalari oʻzbek amaldorlariga nima sababdan manzur boʻlmaganini aniqlashga harakat qildilar.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Shu kechayu kunduzda Oʻzbekistonda uchuvchisiz parvoz qurilmalari(dronlar) haqida ajoyib tragikomediya suratga olish mumkin. Gap shundaki, ushbu qurilma goh taʼqiq ostiga olinsa, goh undan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashga harakat qilishmoqda, mana yaqinda esa dronlardan foydalanishga yana ruxsat berilgani xabar qilindi. Sputnik muxbirlari uchuvchisiz parvoz qurilmalari amaldorlarga nima sababdan tinchlik bermay qoʻyganini aniqlashga harakat qildilar.

Ekspertlar fikri

Aksariyat ekspertlar fikricha, uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanish muammolari aslida yoʻq narsa. Chunki bunday qimmatbaho qurilmani (narxi 2 ming dollar atrofida) faqatgina yirik kinokompaniyalar xarid qilish imkoniga ega. Uchuvchisiz parvoz qurilmalarining Oʻzbekistonda ommalashmagani boisi ham mana shunda.

Kulfatlar oʻchogʻi

Demak, texnikaga talab yoʻgʻu, lekin undan foydalanishga taʼqiq bor. Nega?

Oydinlik kiritishga harakat qilamiz.

2015-yil 1 yanvardan boshlab, dronlarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, sotish va foydalanish qonun orqali taʼqiqlangan edi. Hujjatlarda dronlar "samolyotlar va ogʻirligi 2 ming kilogrammdan ortiq boʻlgan boshqa parvoz qurilmalari" sifatida taʼriflangan.

Xoʻsh, bunday qaror qabul qilinishiga nima sabab boʻldi? Eskpertlar bir ovozdan, bu davlat chegarasida xavfsizlik kuchaytirilishi sababli yuzaga kelganini taʼkidlashmoqda.

Hali taʼqiq kiritilmay turib, nomaʼlum uchar apparatlar Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtgani holatlari aniqlangan. Misol uchun, 2014 yil 16 dekabrda Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi chegaradan nomaʼlum dron uchib kelgani kuzatilgan. Oʻzbekiston harbiylari soʻzlariga qaraganda, qurilma oq rangda boʻlib, unda hech qanday boshqa belgi qayd etilmagan. Dron Oʻzbekiston hududiga 7,5 km masofagacha kirib kelgan, orqaga, yaʼni, Qirgʻizistonga qarab qaytib ketgan.

Mutaxassislar hanuzgacha ushbu uchar jism borasida turlicha fikr bildirishadi. Ammo bir narsa shubhasiz — u shunchaki uchar oʻyinchoq boʻlmagan. Aksariyat ekspertlarning soʻzlariga qaraganda oʻsha nomaʼlum jism Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga giyohvand moddalarni olib oʻtish bilan shugʻullanuvchi kontrabandistlarga tegishli boʻlishi mumkin. Chunki faqat ulardagina qimmatbaho parvoz apparatlarini xarid qilish imkoni mavjud.

Demak, qonun boʻyicha:

Havo hududidan, jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan noqonuniy foydalanish 100 dan 200 gacha minimal ish haqi miqdorida jarima toʻlash koʻrinishidagi maʼmuriy javobgarlik yoki qoidabuzarlik buyumlarini musodara qilish bilan 15 kunga hibsga olishga olib keladi.

Uchuvchisiz parvoz qurilmasi namoyishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanish uchun 10 yilga qamash taklif qilindi
Agar bu qoidabuzarlik jarima toʻlangandan keyin takroran sodir etilgan yoki oʻz ortidan oʻrtacha ogʻirlikdagi jarohat yoki ogʻir jarohatga olib kelgan boʻlsa, unda aybdor odam 2 yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 3 oy hibsga olinish koʻrinishidagi jinoiy javobgarlikka tortiladi.  
Odamning oʻlimiga olib kelgan dronlar bilan harakatlar 3 yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha erkinlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qurbonlar, fojia yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelgan harakatlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga olib keladi.  
Oʻzbekistonga dronlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanish 2015 yil 1 yanvardan taqiqlab qoʻyilgan.

Ortga chekinish

Bir tomondan olib qaraganda, va nihoyat, muammo oʻz yechimini topdi — dronlardan foydalanish taʼqiqlandi.

Ammo amaldorlarimiz shundan keyin ham tinchlanmadi. Oʻzbekiston hukumati may oyi oʻrtalarida yana dronlar mavzusiga qaytdi va… uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanish mumkinligi haqida qaror qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining maxsus ruxsatnomasini olsangiz, marhamat, dronlarni xarid qilib ulardan foydalanishingiz mumkin.

Uchuvchisiz qurilma - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonga uchuvchisiz qurilmalarni olib kirishga ruxsat berildi
Ekspertlar fikricha, bu qaror yirik televizion kompaniyalar uchun chiqarilgan: ochiq havoda oʻtkaziladigan yirik davlat tadbirlari va kontsertlar translyatsiyasini suratga oladigan kompaniyalar bunday qimmatbaho uskunani xarid qilish imkoniga ega axir.

Shuningdek, chet el kinokompaniyalari ham bu ruxsatnomadan foydalanishlari mumkin. Misol uchun, "Rossiya 1" telekanali tomonidan suratga olingan "Oʻzbekiston. Qumliklar marvaridi" nomli hujjatli filmni qush parvozi balandligida suratga olingan qadimiy yodgorliklar panorama kadrlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi.

Bundan tashqari, neftchilar choʻl va boshqa uzoq hududlarda gazoʻtkazgichlarni dronlar yordamida kuzatishlari mumkin, Favqulodda vaziyatlar vaziriligi xodimlari esa bunday qurilmalar yordamida sel kelish xavfi boʻlgan tumanlarda monitoring oʻtkazish imkoniga ega.

Bir soʻz bilan aytganda, uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan keng foydalanish mumkin boʻlgan sohalar juda koʻp. Hukumat qonunlarda ulardan foydalanish imkonini beruvchi tuynuklarni qoldirgani esa, shubhasiz, kishini quvontiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala