TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Qrim masalasi yopilgan, unga boshqa qaytmaymiz, dedi Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Petr Poroshenkoning "Nadejda Savchenko ortidan Qrim yarimorolini ham qaytaramiz", degan taʼkidiga javoban. RIA Novosti xabari asosida.
"Shu oʻrinda "sizning buzogʻingiz bizning boʻrini yeb qoʻysin" degan bir mashhur matalni keltirib oʻtishni joiz deb bildim", — deya qoʻshimcha qildi Vladimir Putin Poroshenkoning soʻzlari "ushalmas orzudan boʻlak hech vaqo emasligiga" iddao qilgan holda.
"Shunday ekan, kelinglar, yaxshisi bu mavzuga qaytmaymiz", — dedi oʻz nutqi soʻngida Rossiya prezidenti.
Bundan sal oldin Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Savchenko ortidan Donbass va Qrim ham qaytarilishi haqida bayonot qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, rossiyalik jurnalistlar oʻlimida ayblanib, Rossiyada 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Nadejda Savchenko marhumlarning yaqinlari iltimosiga binoan, Vladimir Putin tomonidan avf etildi, va 25 may kuni Ukrainaga qaytarildi.