Dunyoda

Putin: Rossiya Turkiya bilan munosabatlarni tiklashni xohlaydi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya Prezidenti Vladimir Putinning Gretsiyaga safari
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Gretsiyaga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putinning aytishicha, “Su-24 mojarosi”ga qaramay, Rossiya Turkiya bilan munosabatlarni tiklashni xohlaydi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. "Su-24 mojarosi"ga qaramay, Rossiya Turkiya bilan munosabatlarni tiklashni xohlaydi, dedi juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afinada chiqishi vaqtida.

Putin Turkiyaning Rossiyaga qarashli Su-24 samolyotini urib tushirishini katta xato, deb hisoblaydi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin: “Ular nega bunday qilishganini faqat Olloh biladi”
Rossiya prezidenti, shuningdek, shu paytga qadar Turkiya tomonidan hech qanday tushuntirishlar kelib tushgani yoʻq. "Bizdan hech kim uzr soʻramadi. Qolaversa, yetkazilgan zararni qoplash haqida ham lom-mim deyilgani yoʻq. Biz faqatgina ulardan munosabatlarni tiklashga tayyor ekanliklari haqidagi taʼkidlarni eshityapmiz, xolos. Biz ham munosabatlar tiklanishi tarafdorimiz. Ammo bu munosabatlarni biz buzganimiz yoʻq. Biz oʻn yilliklar davomida Rossiya-Turkiya munosabatlari hamkorlik va doʻstlikning yangi bosqichiga olib chiqish uchun qoʻldan kelgancha harakat qilgan edik. Va shunday boʻldi ham. Biz bu munosabatlarni juda ham qadrlar edik. Nima uchun bu mojaro sodir etildi, hozirgacha aqlimga sigʻdirolmayman", — dedi Rossiya prezidenti.

"Turkiya tomon bilan doimo aloqadamiz. Turli kanallardan ularning hamkorlari oʻrtaga tushib turibdi. Ular biz aytadigan javobni yaxshi bilishadi. Biz ulardan aniq harakatni kutyapmiz. Hozircha ular jim", — deb taʼkidladi Vladimir Putin.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu haftada Gretsiyaga ikki kunlik rasmiy safar uyushtirdi. Gretsiyada u oʻz hamkasbi Prokopis Pavlopulos va Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala