Toshkent do‘konlaridagi qaymoqlardan ichak tayoqchalariga manbus bakteriya topildi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishSut mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
Sut mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida, mahalliy ishlab chiqaruvchiga tegishli qaymoq tarkibidan yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi ichak tayoqchalariga mansub bakteriyalar aniqlangan.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qaymoq — ko‘pchilik tomonidan sevib iste’mol qilinadigan va foydali mahsulot, ammo uni iste’mol qilishning o‘ziga yarasha nozik tomonlari bor.

Davlat Raqobat qo‘mitasi rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, shu yil fevral oyida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqarosi Sebzor ko‘chasidagi "SUNDAY" supermarketidan qaymoq xarid qilib, mahsulot sifatiga shubxa to‘g‘ilganligi munosabati bilan uni bakteriologik tahlil uchun Olmazor tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborgan.

O‘tkazilgan tahlil natijasida esa, topshirilgan namuna tarkibida ichak tayoqchasi guruhiga mansub bakteriya borligi aniqlangan. Ushbu masala zudlik bilan Davdat raqobat qo‘mitasi, "Darvoza savdo" MChJ va "Xosiyatli kut-baraka" MChJ xodimlari hamkorligida o‘rganib chiqildi.

Natijada, "Darvoza savdo" MChJga tegishli barcha "Macro" va "Sunday" supermarketlari peshtaxtalaridan "Xosiyatli kut-baraka" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan barcha sut mahsulotlari masala hal bo‘lgunga qadar sotuvdan vaqtincha olib qo‘yildi.

Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi korxonada Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar sababli korxonaning ishlab chiqarishi vaqtincha to‘xtatilgan va korxona rahbariga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0