Dam olish uchun mo‘ljalangan suv havzalari va plyajlarga qo‘yildigan talablar e’lon qilindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPlyaj
Plyaj - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan, fuqarolar dam olishi uchun mo‘ljallangan suv oldi hududlari va plyajlar toza bo‘lishi va qutqaruv uskunalari bilan jihozlanishi kerak. Shu bilan bir vaqtda shahar qurilishi hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Yozgi cho‘milish mavsumi boshlanishi oldidan O‘zbekiston vazirlar mahkamasi plyajlarga va suv havzalari yonida joylashgan dam olish maskanlariga qo‘yiladigan talablarni e’lon qilindi. Hujjatda suv havzalarining tozaligi, qutqaruv uskunalari bilan jihozlanishiga oid talablar keltirilgan.

Xususan, cho‘milish va suv havzalarida dam olish joylari mahalliy hukumat tomonidan, shahar qurilishiga oid hujjatlarga ko‘ra belgilanadi va mahalliy hokimiyat qarorisiz o‘zgaritirilishi mumkin emas.   

Dam olish joylari va plyajlar tozalik sanitar talablariga javob beradigan, suv havzasining qirg‘oqdan uzoqligi 50 metrgacha va chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan tubi axlatdan, daraxtlar tomiri va o‘zga predmetlardan tozalangan bo‘lishi kerak.   

Suv havzasi tanlash uning tabiiy joylashgan joyiga ham bog‘liq. Xususan tashlandiq suvlar tushadigan, sovuq oqimlar, suv girdobi paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudularda hamda suv oqish tezligi sekundiga 0,5 metrdan tez bo‘lgan joylarda plyash tashkil qilish ta’qiqlanadi.

Hujjatda qo‘rsatilishiga ko‘ra, har bir dam oluvchiga suv havzasida kamida 10 metr kvadrat suv yuzasi to‘g‘ri kelishi kerak. Oqar suv havzalarida esa kamida — 5 kvadrat metr.

Dam olish hududi suv yuzasida ajratuvchi belgilar bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Plyaj hududiga qirg‘oqdan 50 metrdan uzoq bo‘lmagan va chuqurligi 3 metrdan chuqur bo‘lmagan suv hududi kiritilishi mumkin.  

Plyajlar kiyim alamashtirish xonachalari, hojatxonalar, axlat qutilari hamda qutqaruv infraqurilmasi, ya’ni kuzatuv minorasi, qutqaruv posti va tibbiyot xonasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Kichik kema va qayiqlar uchun plyajlar hududidan masofasi ham belgilandi. Eshkakli qayiqlar uchun  ushbu masofa 200 metrni motorli qayiqlar uchun esa — 300 metrni tashkil qildi.

Plaj va suv havzalarida dam olish maskanlarini ekspluatatsiya qilish tartib qoidalarigi rioya qilmagan fuqaro va tashkilotlarga qarshi qonuniy jazo choralari ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0