Jamiyat

Namunali loyiha asosida qurilgan uylar narxi ballar asosida belgilanadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishNamunali loyiha boʻyicha uy qurish
Namunali loyiha boʻyicha uy qurish - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi kunda ushbu uylar narxi respublika hududida bir xil darajaga keltirilgan boʻlib, 200 mln soʻmni tashkil qiladi. Kiritilayotgan ballar tizimi yangi uylarning shahardan yaqin yoki uzoqligiga qarab narxiga oʻzgarish kiritish imkonini yaratadi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Oʻzbekistonda hozirgi kunda namunali loyihalar asosida qurilgan uylarni ballar asosida sotish tizimi ishga tushirilmoqda

Sputnik muxbirining soʻzlariga qaraganda, bugungi kunda bunday uylarning narxi oʻrtacha 200 mln soʻmni tashkil qiladi. Kiritilayotgan ballar tizimi yangi uylarning narxiga shahardan yaqin yoki uzoqda joylashganiga qarab oʻzgarish kiritadi.

“Biz uylarning narxini oshira olmaymiz, chunki ushbu uylar respublikaning turli burchaklarida qurilishiga qaramasdan, bir xil qurilish normativlari asosida qurilgan. Kiritilayogan ballar tizimi yerni baholash imkonini beradi. Misol uchun bugungi kunda Toshkent viloyatida joylashgan uylar Surxondaryo yoki Xorazm viloyatidagi uylardan qimmat turadi. Umuman poytaxtdan yoki shahardan uzoq boʻlgan yerlar arzon narxlanadi. Uylarning narxi ham shundan kelib chiqadi. Misol tariqasida ayganda uyning shartli narxi Toshkent viloyati uchun 1,5 Qashqadaryo viloyati uchun esa 0,9 koefitsentiga koʻpaytiriladi”, — deb izoh berdi suhbatdosh.

Uning fikriga koʻra bu bozor qonulariga mos boʻlib, ushbu uylarni keyinchalik qimmatroq narxga sotish uchun sotib olayotgan olibsotarlar faoliyatiga cheklashga xizmat qiladi.

“Biz ushbu uylarni ularga haqiqatdan ham ehtiyoji boʻlgan fuqarolar sotib olishi uchun imkoniyat yaratmoqchimiz. Shu bilan bir vaqtda namunali uylar bozorida koʻpaygan olibsotarlikka chek qoʻymoqchimiz. Shu munosobat bilan Oʻzbekistonda yil boshidan beri kredit toʻlovlari toʻliq amalga oshirilmagan uylarni olib-sotish butunlay taʼqiqlangan”, — dedi suhbatdosh.

Hozir “Qishloq qurilish banki” mutaxassislari yangi ballar tizimini kiritish buyicha vazirlar mahkamasiga taklif tayorlamoqda. Hukumat tomonida ushbu taklif qoʻllab-quvvatlanadimi yoki yoʻqmi hali nomaʼlum.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala