Yangi Neksiya Yaqin Sharq va Afrika mamalkatlariga eksport qilinadi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi “Neksiya” avtomobilinining taqdimot marosimida ushbu avtomobil nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH mamalkatlari, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qilinishi haqida xabar berildi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkentda 27-may kuni yangi Chevrolet Nexia avtomobilning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, Daryo.uz xabariga asosan.

GM Uzbekistan korxonasining yangi kichik sedani O‘zbekiston hududida Chevrolet Nexia boshqa mamlakatlar bozorlarida esa Ravon Nexia R3 brendi ostida sotuvga chiqariladi.

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Nexia R3

Nashr xabariga ko‘ra yangi Neksiya avtomobilini Yaqin Sharq va Afrika mamalkatlari bozorlariga sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.  

Yangi avtomobil ABS va xavfsizlik yostiqchalari kabi zamonaviy aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Undan tashqari avtomobil immobilayzer, kunduzgi xavfsizlik chiroqlari (DRL) va bolalalar o‘rindiqlarini o‘rnatish uchun Isofix maxsus ilmoqlari bilan jihozlangan.  

Yangi Neksiya hajmi 1,5 litr, 16 klapanli 109 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 11 xil rangda sotuvga chiqariladi, ulardan 4tasi oldin mavjud bo‘lmagan yangi rang.

Yangi avtomobilning narxi hozircha e’lon qilinmagan.

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Nexia R3

 

Yangiliklar lentasi
0