Dunyoda

Toyota portlash tufayli 14 ta konveyerini toʻxtatdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishToyota
Toyota - Sputnik Oʻzbekiston
Toyota avtokontserni ehtiyot qismlar vaqtida yetkizib berilmagani tufayli, 9 zavodda 14 konveyer liniyasini toʻxtatishga majbur boʻldi.

 

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik, Kseniya Naka. Toyota Motor Corporation avtomobil kontserni chorshanba kuni 9 zavodida 14 konveyer ishini toʻxtatishga majbur boʻldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

30 may kuni Toyota guruhiga qarashli tormoz tizimi uchun kerakli detallar ishlab chiqaruvchi Aisin Seiki Co.Ltd, korxonasida kuchli portlash yuz bergan edi. Portlashda 4 kishi jabrlangan va ushbu zavod oʻz faoliyatini bir necha kunga toʻxtatishga majbur boʻlgan.

Natijada, Toyotaning Ayti, Kioto, Osaka va Fukuoka prefekturalarida joylashgan zavodlariga tormoz tizimi uchun kerakli detallar vaqtida yetkizib berilmadi va ular oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatishga majbur boʻlishdi.

Eslatib oʻtamiz, Toyota zavodlari oʻzining mashhur “kanban” (aniq vaqtida) tizimida ishlaydi, yaʼni kerakli detallar konveyerga aynan mashinaga oʻrnatish vaqtida yetkizib beriladi. Zavod omborxonalarida ehtiyot qismlar zahiralari saqlanmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala