Jamiyat

Oʻzbekistonda birinchi milliy ijtimoiy tarmoq ishga tushdi

© davra.uzDavra.uz ijtimoiy tarmogʻi sahifasi
Davra.uz ijtimoiy tarmogʻi sahifasi - Sputnik Oʻzbekiston
Tarmoq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi yordamida UZINFOCOM markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi ijtimoiy tarmoq – Davra.uz rasman ishga tushirildi.   

Tarmoq Axborot texnologiyalari va  kommunikatsiyalar vazirligi yordamida UZINFOCOM tomonidan davlat mablagʻi evaziga ishlab chiqarilgan.

“Bugun Oʻzbekiston internetida 37 ta ijtimoiy tarmoq roʻyxatdan oʻtgan, lekin ularning koʻpchilligi ishlamaydi. Ularning faoliyati sust va foydali va qiziq materiallar yoʻq. Ushbu omilni hisobga olib, bizning milliy madaniyat va hojatlarimizga moslashtirilgan ijtimoiy tarmoq yaratish zarurati tugʻildi”, — dedi UZINFOCOM markazi vakili.    

Uning soʻzlariga qaraganda, oʻzbek internetining bugungi holatida, hech bir xususiy korxona ijtimoiy tarmoq kabi yirik loyiha yaratish va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlab turish imkoniga ega emas. Shu sababdan ham davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanib turadigan Milliy ijtimiy tarmoq yaratishga qaror qilingan edi.

Suhbatdosh tarmoqni yaratish uchun kerak boʻlgan aniq xarajatlarni aytib oʻtmadi. U faqat “Uznetda bunday xususiy loyihalar reklama va boshqa vositalar yordaimda mustaqil jon saqlashi uchun sharoit paydo boʻlmagunicha, ushbu loyiha davlat tomonidan, kamida toʻrt-besh yil davomida, qoʻllab-quvvatlanib turiladi”, — dedi.  

Ishlab chiqaruvchilar aytishiga qaraganda, Davra.uzning asosiy yutugʻi, bu — uning Tas-IX tarmogʻida joylashganligi va undagi kontentni Oʻzbekiston mentaliteti va qonunchiligiga mos kelish yoki kelmasligini nazorat qilish imkoniyati borligidir.

“Bu yerda tushunmovchilik boʻlmasligi kerak. Biz behayolik, zoʻravonlik, terrorchilik va  millatchilik aks etgan va Oʻzbekiston qonunlariga zid boʻlgan har qanday materiallar tarqalishini nazorat qilmoqchimiz. Shu bilan bir vaqtda odamlarning siyosiy mavzular boʻyicha fikr bildirish imkonyatini hech kim cheklamoqchi emas”, — dedi markaz vakili.

Davra.uz ijtimoiy tarmogʻi orqali foydalanuvchilar oʻz sinfdoshlarini, kursdoshlarini va hamkasabalarini topishlari mumkin. Bundan tashqari ular qiziqishlariga qarab ochiq va yopiq guruhlar tashkil qilishlari va biznes yuritish va targʻib qilish asbobi sifatida ham ishlatsa boʻladi.

Oddiy xizmat tariqasida ijtimoiy tarmoqda matnlar, fotosuratlar va videomateriallar joylashtirish mumkin. Undan tashqari “yoqdi” tugmachasini bosish, izoh berish va messenjer orqali suhbat qilish ham mumkin.

Bugungi kunda Davra.uz tarmogʻida 2200 dan ortiq foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, 50 ta sahifa yaratilgan va qiziqishlariga qarab 66 guruh tuzilgan. Tarmoqda roʻyxatdan oʻtish ID.UZ orqali amalga oshiriladi. Tarmoqning mobil versiyasi, rus va oʻzbek tillaridagi interfeysi ham bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala