Rossiya O‘zbekistondan paxta sotib olish hajmini oshirmoqda

Obuna bo‘lish
Rossiyaning yirik paxta iste’molchisi bo‘lgan "TDL Tekstil" kompaniyasi O‘zbekistondan yiliga 15 ming tonna yigirilgan paxta mahsuloti import qiladi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov "TDL Tekstil"  kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Bolshaya Kostromskaya lnyanaya manufaktura” fabrikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari matolar ishlab chiqarish, korxonani rivojlantirish va uni xom-ashyo bilan ta’minlash masalalari bilan tanishib chiqishdi.

Rossiya delegatsiyasini O‘zbekistonga safari oldidan mamalkat yengil sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlash va O‘zbekistondan paxta sotib olish hajmini oshirish rejalarini muhokama qilishdi.

"TDL Tekstil" kompaniyasi – Rossiyaning eng yirik paxtani qayta ishlovchi korxonalaridan biridir. U yiliga O‘zbekistondan 15 ming tonna paxta tolasi import qiladi. Bu Rossiya umumiy paxta importi hajmidan 10% ni tashkil qiladi.

Bugungi kunda korxona mahsulotining xaridorlari “Russkiy len”, IKEA, Zara, Himla, Teaspon va boshqa kompaniyalardir.

Yangiliklar lentasi
0