Rossiyaning Su-34 samolyoti IDning neft zavodiga zarba berdi

© Sputnik / Igor Kovalenko / Mediabankka o‘tishSu-34 aerodromga qo‘nmoqda
Su-34 aerodromga qo‘nmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiylar xabariga ko‘ra, zarba natijasida neftni qayta ishlash uskunalari ishdan chiqqan va zavodda katta yong‘in sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 2 iyun — Sputnik. Rossiyaning Su-34 samoleti Suriyaning Xaseke viloyatida “Islom davlati”ga tegishli bo‘lgan neft zavodini portlatib yubordi, RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, zarba korxona hududidagi neft saqlovchi sisternalarga berilgan. Harbiylar xabariga ko‘ra, zarba natijasida neftni qayta ishlash uskunalari ishdan chiqqan va zavodda katta yong‘in sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, neft kontrabandasi terorrchilarning asosiy foyda manbasi hisoblanadi. Ushbu noqonuniy biznesda IDning bosh hamkori Turkiyadir.

Bir necha oy oldin RT telekanali Qurdistonda topilgan hujjatlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, Anqara IDdan nafaqat neft sotib olish bilan shug‘ullanadi, balki jangarilarni oziq-ovqat mahsulotlari, qurol-aslaha va boshqa kerakli mahsulotlar bilan ta’minlaydi.

G‘arb OAVlari xabariga ko‘ra, ushbu neft savdosiga Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘onning oila a’zolari ham aloqador.

Rossiya Havo-kosmik kuchlari Suriyada harbiy operatsiya boshlanganidan beri terrorchilarning neft “biznesi”ga sezilarli zarar yetkizdi. Bugungi kunda terrorchilar ixtiyorida bir necha kichik neft quduqlari qolgan xolos.

Yangiliklar lentasi
0