Hodisalar

OAV: Xovan qabristoni sobiq direktori migrantlarni tovon toʻlashga majburlamoqchi boʻlgan

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVyacheslav Bocharnikov - Xovan qabristonidagi mojaroda ayblanuvchilardan biri
Vyacheslav Bocharnikov - Xovan qabristonidagi mojaroda ayblanuvchilardan biri - Sputnik Oʻzbekiston
“Kommersant” nashri yozishiga koʻra, ommaviy mushtlashish sababi bu oddiy janjal emas, balki Chabuyev qabristonda ishlayotgan Tojikistonlik migrantlarni oʻz nazorati ostiga olmoqchi boʻlganidir.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Tergovchilar Xovan qabristoni sobiq direktori Yuriy Chabuyevga va “Sogʻlom millat” fondi asoschilaridan biri, huquqshunos Aleksandr Bocharnikovni qotillik tashkil qilishda ayblashmoqda, RIA Novosti "Kommersant" xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, may oyida Moskvaning Xovan qabristonida 200 kishi ishtirokida ommaviy mushtlashish boʻlib oʻtgan, va uning natijasida uch Tojikiston fuqarosi qurbon boʻlgan va 23 kishi jarohatlangan edi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, mojaro qabristonda xizmat koʻrsatishdan olinadigan foyda tufayli kelib chiqqan.

“Kommersant” nashri yozishiga koʻra, ommaviy mushtlashish sababi bu oddiy janjal emas, balki Chabuyev qabristonda ishlayotgan Tojikistonlik migrantlarni oʻz nazorati ostiga olmoqchi boʻlganidir. Qabriston direktori “ularni foydaning bir qismini toʻlashni yoki umuman ishlamaslikni talab qilgan”.  

Bocharnikov janjaldan keyin birinchi boʻlib hibsga olindi. U bezorilik va noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda. Tergov Qoʻmitasi fikriga koʻra Xovan qabristoni (endi sobiq) direktori Yuriy Chabuyevni mojaro tashkilotchisi deb hisoblaydi.

Tergovchilar boʻlib oʻtgan voqeani “uyushgan guruh tomonidan oldindan rejalashtirib ikki yoki undan ortiq kishini oʻlimiga olib kelgan jinoyat” va “bezorilik” deb baholamoqda. Ushbu jinoyatni tashkil qilishda ayb Yuriy Chabuyev va Aleksandr Bocharnikovga qoʻyilmoqda.

Voqeaning yana bir tafsiloti hozircha noaniq boʻlib qolmoqda. Bu Tojikiston

Moskva shahri Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻliklar uchun jang: Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv kimga va nimaga kerak boʻldi?
fuqarosi Suxrob Xushakovning oʻlimidir. Uning jasadi qabristonning shimoliy chekkasidan topilgan. U yerdan mojaro boʻlib joygacha kamida bir soatlik piyoda yuriladigan masofa. 

Ushbu ish yuzasidan Moskvaning Presnya sudi tomonidan 14 kishi hibsga olingan. Ular orasida sobiq politsiya xodimi Nikita Moshenko ham bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala