Iqtisod

Rossiyaliklarning 75% qonuniy maosh oladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishRossiya rubli
Rossiya rubli - Sputnik Oʻzbekiston
Faqat “konvert”da, yaʼni noqonuniy oylik oladiganlar soni – 10% ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda kam taʼminlanganlar orasida ushbu koʻrsatkich nisbatan baland – 19%.

TOSHKENT, 2 iyun – Sputnik. Bugungi kunda mehnat qilayotgan rossiyaliklarning 75% qonuniy daromad evaziga yashaydi, Butun Rossiya Jamoat fikrini oʻrganish markazi (VTSIOM) xabariga asosan.

Izlanish natijasiga koʻra, oxirgi yil davomida qonuniy maosh oladiganlar soni 69-75 % doirasida boʻlgan. Oʻrta yoshdan katta boʻlgan (45-59) odamlar orasida qonuniy oylik oladiganlar soni nisbatan koʻrproq – 78%, 25-35 yoshlilar orasida esa ushbu koʻrsatkich – 69 % ni tashkil qiladi.

Faqat “konvert”da, yaʼni noqonuniy oylik oladiganlar soni – 10 %ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda kam taʼminlanganlar orasida ushbu koʻrsatkich nisbatan baland – 19%.  

Soʻralganlarning 13% — yarim qonuniy yarim noqonuniy oylik olishadi. Oʻtgan yilda ushbu koʻrsatkich 17%ni tashkil qilar edi. Bunday oylik olish odatda, yosh mutaxassislarga xos.  

Ushbu soʻrov 28-29 may kunlari Rossiyaning 46 viloyati va oʻlkalarida hamda 9 Federal okrugida oʻtkazilgan edi. Soʻralganlarning umumiy soni 1600 kishini tashkil qildi. Soʻrovning xatolik koefitsenti  -3,5 %.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala