Jamiyat

Oʻzbekistonlik rekordchi Jamshid Toʻrayev bilan intervyu

© Lichnыy arxiv Djamshida TurayevaDjamshid Turayev
Djamshid Turayev - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki barmoqda tortilish boʻyicha Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan birinchi Oʻzbekiston fuqarosi Jamshid Toʻrayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda boʻldi.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik, Anastasiya Aleksandrova. Oʻzbekistonlik Jamshid Toʻrayev bir daqiqa ichida ikki barmoqda tortilish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. U hozir ushbu sport turida jahonda birinchi oʻrinda va Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan birinchi Oʻzbekiston fuqarosi boʻldi.  

Sportchi biz bilan oʻz muvaffaqiyatining sirlari va kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

Siz bolalikdan sportni sevganmisiz?

- Ha, men chindan ham sportni bolaligimdan sevaman. Men Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tugʻilganman, otam Toʻrayev Rizoqul ham sportchi boʻlgan. Menimcha, hayot yoʻlimni tanlashimga ham u kishi sabab boʻlgan.

© Lichnыy Arxiv Djamshida TurayevaDjamshid Turayev
Djamshid Turayev - Sputnik Oʻzbekiston
Djamshid Turayev

Siz oʻzingiz sevgan sportchi bormi, kimnig muxlisi boʻlgansiz?

- Ha, bor! Bryus Li – mashhur akter, rejisser va faylasuf.

Bolaligingizda kim boʻlishni orzu qilgansiz?

- Bolaligimda velosipedchi yoki futbolchi boʻlishni orzu qilganman. Afsuski, bunga erisha olmadim. Xudoga shukurki, bu borada oʻgʻlimning omadi chopgan. Hozir u Gretsiyada eng mashhur bolalar futbol jamoasining kapitani. Biz hozir oilamiz bilan Kiprning Limassol shahrida yashaymiz. Rafiqamning ismi Dilbar. Oʻgʻlimizning ismi Maksimos, qizimining ismi Gulshoda. Qizim maktabning eng yaxshi oʻquvchisi.

© Lichnыy arxiv Djamshida TurayevaSыn Djamshida Turayeva
Sыn Djamshida Turayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Sыn Djamshida Turayeva

Kiprda yashash sizga yoqadimi, Oʻzbekistonni, oʻzbek taomlarini sogʻinmaysizmi?

- Kiprda yashash yaxshi. Bu yerda men fitnes-murabbiy boʻlib ishlayman. Buning uchun oʻqib diplom oldim. Lekin Vatanda, albatta, butunlay boshqacha muhit va ruhiy madad his qiladi kishi. Menga har kuni Oʻzbekistondan necha kishi xat yozishini hatto tasavvur ham qila olmaysiz! Hamma menga, mening yutugʻim ularni sport bilan shugʻullanishga va yangi gʻalabalarga ilhomlantirganini aytishmoqda. Oʻzbekistonning har bir mahallasida sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar mendan maslahat soʻrab murojaat qilishadi.

Taomlar maslasida esa, siz haqsiz… Men albatta sogʻlom ovqatlanish tarafdoriman, lekin osh va somsani juda sogʻindim. Bular oʻzbek taomlari orasida mening eng yaxshi koʻrgan taomlarim. Hozircha mening ovqatlarim mana bular:

© Lichnыy arxiv Djamshida TurayevaRatsion Djamshida Turayeva
Ratsion Djamshida Turayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Ratsion Djamshida Turayeva

Oʻzbekistonda borganingizga koʻp vaqt boʻldimi?

- Oxirgi marta men ona vatanimda besh yil oldin boʻlgan edim. Bu yil Oʻzbekistonga borishimdan juda xursandman. Oʻzbekistonga borib, aynan oʻsha yerda yangi rekord oʻrnatishni rejalashtirganman.

U qanday rekord, unga allaqachon tayorgarlik koʻrayotgan boʻlsangiz kerak?

- Mening maqsadim amerikalik tomonidan oʻrantilgan Most Clap Pull Ups (sakrab tortilish) nomli rekordni yangilash. Men bunda gʻalaba qozonishimga ishonaman. Umuman, menda hali yana beshta rekord oʻrnatish rejasi bor.  

Biz sizga yangi yutuqlarga erishishingizga omad tilaymiz. Bu yil oʻrnatgan rekordingiz haqida aytib bering, bunday natijalarga erishish qiyin boʻldimi?

- Men bunga erishish uchun oldimga aniq maqsad qoʻyib, oʻz ustimda olti yil astoydil ishladim. Umuman, Ginnesning Rekordlar kitobiga tushish, bu — oʻzini va oʻz vatanini mashhur qilish hamda tarixda qolish uchun noyob imkoniyat.

Aytgancha, Ginnes qoʻmitasining talablari juda qattiq. Rekord hisobga olinishi uchun, birinchidan, videoisbot va fotosuratlar ikkinchidan Yevroparlamentdan uch guvoh boʻlishi talab qilinadi. Rekordlar inson qurbi yetadigan, takrorlash imkoni bor va oʻlchab boʻladigan xususiyatlarga ega boʻlishi kerak. Insonga va jamiyatga zarar yetkizishi mumkin boʻlgan rekordlar oʻrnatish taʼqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala