O‘zbekiston pomidorlaridan Janubiy amerika tomat kuyasi topildi

© Upravlenie Rosselxoznadzora po Altayskomu krayu i Respublike AltayZarar ko‘rgan pomidor
Zarar ko‘rgan pomidor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Altay respublikasi Rosselxoznadzor bo‘limi O‘zbekistondan olib kelingan pomidorlardan Janubiy amerika tomat kuyasini topishdi. Ushbu hashorot o‘simliklar uchun juda katta xavf tug‘dirishi mumkin.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Oltoy o‘lkasining Kulundin tumanida fitosanitar nazorat vaqtida O‘zbekistondan olib kelingan pomidorlarda zararkunanda hashorot – Janubiy amerika tomat kuyasi borligi aniqlandi.

Zararkunanda Rosselxoznadzorning Markaziy ilmiy-ishlab chiqarish veterinar radiologik laborotoriyasi yordamida aniqlandi.  

Mahsulot egasi, Rossiya qonunlariga binoan zararlangan mahsulotni yo‘q qilib tashladi.

Janubiy amerika tomat kuyasi (Tuta absoluta Povolny) – meva va sabzavotlar uchun juda zararli hashorat hisoblanadi. Asli vatani markaziy amerika bo‘lgan ushbu hashorot oxirgi vaqtlarda dunyoda keng tarqalmoqda. Ko‘plab mamalkatlarda u karantin ro‘yxatiga kiritilgan.  

Tomat kuyasi kartoshka, baqlajon, qalampir va boshqa o‘simliklarga yoppasiga zarar keltirishi mumkin. Keltirilgan zarar natijasida o‘simliklar o‘z mevasini va xususiyatlarini 35-100%ga yo‘qotishi mumkin. Zararkunanda o‘ta faol va moslashuvchanligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0