Ilhom Bahromov Osiyo chempionatida oltin medal sohibi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Manilada o‘tayotgan Kurash bo‘yicha Osiyo chempinatida O‘zbekistonlik Ilhom Bahromov oltin medal sovridori bo‘ldi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik yunon-rim kurashi bo‘yicha sportchi Ilhom Bahromov Filippinda o‘tkazilayotgan Osiyo yoshlari chempionati g‘olibi bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston sport kurashi assotsiatsiyasi.

Bahromov 50 kg vazn toifasida bir necha oltin medallar sovrindori. Xususan, u Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi Yozgi Yoshlar Olimpiadasi va Qozog‘istondagi xalqaro turniri g‘olibidir.

Kurash bo‘yicha yoshlar orasida Osiyo chempionati Filippin poytaxti Manilada 30-maydan 5-iyunga qadar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0